Prezident Chilonzor tumanidagi mahalla faollari bilan muloqot qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident vstretilsya s aktivistami maxalli
Prezident vstretilsya s aktivistami maxalli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq prezident poytaxtda quriladigan yangi yo‘l o‘tkazgich, Tashkent City biznes-markazi va “Humo Arena” muz saroyi qurilishi ishlari bilan tanishgandi.

TOShKENT, 1-iyun – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi Tirsakobod mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev mahalla hayoti bilan tanishdi, faollar bilan muloqot qildi.

Prezident Uzbekistana osmotrel xod stroitelstva ledovogo dvorsa - Sputnik O‘zbekiston
"Humo Arena" Yangi yil bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi

Bu mahallada 9 ko‘p qavatli va 864 hovli uylar joylashgan. 5 ming 200 dan ortiq aholi istiqomat qiladi.

“Davlatimiz rahbarining 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq mazkur mahallada ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Yo‘llar va uy-joylar ta’mirlanib, ijtimoiy obyektlar barpo etilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq prezident poytaxtda quriladigan yangi yo‘l o‘tkazgich, Tashkent City biznes-markazi va “Humo Arena” muz saroyi qurilishi ishlari bilan tanishgandi.

Yangiliklar lentasi
0