Jamiyat

Prezident poytaxtda quriladigan yangi yoʻl oʻtkazgich loyihasi bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident osmotrel stroitelstvo razvyazki v Tashkente
Prezident osmotrel stroitelstvo razvyazki v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Hisob-kitoblarga koʻra, barpo etiladigan yangi yoʻl Chorvoqqacha boʻlgan masofani 22 kilometrga qisqartiradi.

TOSHKENT, 1 iyun – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Maxtumquli va Ohangaron koʻchalari kesishmasida quriladigan yoʻl oʻtkazgich loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ohangaron shossesi, Parkent va Temur Malik koʻchalari poytaxtimizning eng serqatnov yoʻllaridan. Toshkent mexanika zavodi hududi orqali Maxtumquli koʻchasi qurilgach, ushbu yoʻllar chorrahasida transportlar harakati yanada ortdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tashkente stroyat trexurovnevuyu razvyazku
Prezident poytaxtda quriladigan yangi yoʻl oʻtkazgich loyihasi bilan tanishdi - Sputnik Oʻzbekiston
V Tashkente stroyat trexurovnevuyu razvyazku

Haydovchilarga qulaylik yaratish va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida bu yerda uch qavatli transport bogʻlamasi qurilishi rejalashtirilgan. Ohangaron shossesi va Parkent koʻchasi yoʻnalishida tunnel, Maxtumquli va Temur Malik koʻchalari koʻchalarini bogʻlovchi koʻprik qurilishi koʻzda tutilgan.

“Bu transport bogʻlamasini qurishdan maqsad - Chorvoq va Chimyon hududini rivojlantirishga zamin yaratyapmiz. Hozir faqat Chirchiq shahri orqali oʻtadigan yoʻl bor. Dam olish mavsumida tirband boʻlib ketadi. Bu yangi yoʻl kelgusida katta yuklamani oʻziga olib, transportlarning, jumladan, xorijlik sayyohlarning Chorvoq hamda Chimyon hududiga tez va oson yetib olishini taʼminlaydi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Koʻprik va tunnelda qatnov olti qatorli boʻladi. Hisob-kitoblarga koʻra, barpo etiladigan yangi yoʻl Chorvoqqacha boʻlgan masofani 22 kilometrga qisqartiradi.

Prezident Ohangaron shossesi boʻylab qurilayotgan yer usti xalqa metro liniyasiga doir loyihalar bilan ham tanishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala