Madaniyat

"Oʻzbekkontsert" jazoladi: majlisda qatnashmagan toʻrt xonandaning litsenziyasi tugatildi

© UzbekkontsertOʻzbekkontsert sanʼatkorlar odobi mavzusida yigʻilish oʻtkazdi
Oʻzbekkontsert sanʼatkorlar odobi mavzusida yigʻilish oʻtkazdi - Sputnik Oʻzbekiston
Maʼlum boʻlishicha, toʻrt xonanda "Oʻzbekkontsert" majlisida sababsiz qatnashmagan. Ular "bu orqali Muassasa bilan tuzilgan litsenziya bitimi talab-shartlarini qoʻpol ravishda buzdilar", — deb aniqlik kiritiladi xabarda

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. "Oʻzbekkontsert" toʻrt nafar xonandaning litsenziyasi toʻxtatib qoʻyilgani haqida rasmiy bildirish eʼlon qildi, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Kontsert Yulduz Usmanovoy v amfiteatre - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Sanʼatkorlarning sahnada oʻzini tutishi va muomala madaniyati nazorat ostiga olinadi

Xabarga koʻra, kuni kecha 31 may kuni "Oʻzbekkontsert" davlat muassasasida "Sanʼatkor odobi: Milliy estrada sanʼatining yoshlar maʼnaviy axloqiy tarbiyasidagi oʻrni" mavzusida yigʻilish oʻtkazilgan.

Ushbu yigʻilishga telefon orqali ogohlantirilganiga qaramasdan, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Sanjar Rahimov (Sardor Rahimxon), “Nihol” mukofoti sovrindori Feruza Jumaniyozova, estrada xonandalari Aslbek Negmatov va Toxir Usmonovlar asossiz qatnashmagan.

Ular "bu orqali Muassasa bilan tuzilgan litsenziya bitimi talab-shartlarini qoʻpol ravishda buzdilar", — deb aniqlik kiritiladi xabarda.

"Oʻzbekkontsert" yuqorida qayd etilgan sanʼatkorlarning litsenziyalari joriy yilning 31 may kunidan toʻxtatilganligini maʼlum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala