Jamiyat

Shahnoza Mirziyoyeva: kelajakdagi muvaffaqiyat asosi bolalikda shakllanadi

© Press-slujba Ministerstva doshkolnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan Kadr iz video klipa "Kulingda imkon"
Kadr iz video klipa Kulingda imkon - Sputnik Oʻzbekiston
"Bolalarimiz kelajaki, demakki davlatimiz kelajaki - biz bolalarimizga ularning erta yoshligidan boshlab singdiradigan narsalarga, bolalarimiz bugungi tanloviga bogʻliq", - deydi Maktabgacha taʼlim vazirligi vakili Shahnoza Mirziyoyeva

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Maktabgacha taʼlim vazirligi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlab ijtimoiy loyihani — "Qoʻlingda imkon" musiqiy video klipni eʼlon qildi.

Klip Kulingda imkon - Sputnik Oʻzbekiston
"Qoʻlingda imkon": bolalar kuniga bagʻishlangan eng chiroyli klip
Ushbu, taʼsirchan, taʼbir joiz boʻlsa barcha onalarni yigʻlatadigan klip orqali Maktabgacha taʼlim vazirligi bolalarga erta yoshlikdan singdirish kerak boʻlgan oddiy haqiqatlarga eʼtiborni jalb qilmoqchi.

Bu oʻziga boʻlgan ishonch, qiyinchiliklarni yengish va oʻz oldiga qoʻyilgan maqsad sari intilish — bular bugungi zamonaviy hayotda juda ham zarur boʻlgan va yoshlikdan singdirilishi kerak boʻlgan kщnikmalardir.

Maktabgacha taʼlim vazirligi vakili Sha=noza Mirziyoyeva ushbu loyihaning yaratilishi sabablari xususida toʻxtaldi.

"Bolalarimiz kelajaki, demakki davlatimiz kelajaki — biz bolalarimizga ularning erta yoshligidan boshlab singdiradigan narsalarga, bolalarimiz bugungi  tanloviga bogʻliq. Va bu borada ularga yordam berish — bizning umumiy vazifamiz", — dedi Shahnoza Mirziyoyeva.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni — bu nafaqat oʻyin-kulgi, qoʻshiqlar yoki sayr-tomosha. Bu katta yoshdagilar uchun muhabbat va mehrga chanqoq bolalar uchun qandaydir yaxshilik qilish imkoniyati hamdir.

Maktabgacha taʼlim vazirligi serquyosh Oʻzbekiston aholisiga "Qoʻlingda imkon" taronasini sovgʻa tarifasida ulashish orqali mana shu yorqin bayramni tarannum etish tashabbusi bilan chiqdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala