Hodisalar

Sirgʻali tumani Xalq taʼlimi boʻlimi xodimi pora olgan mahalida qoʻlga tushdi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы i monetы raznыx stran
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston
Xalq taʼlimi boʻlimi xodimi huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tezkor operatsiya davomida qoʻlga olingan

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Sirgʻali tumani Xalq taʼlimi boʻlimi xodimi firibgarlik yoʻli bilan pora olayotgan mahalda qoʻlga olindi, deb xabar berdi Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmati.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistondagi eng korruptsiyalashgan tashkilot va muassasalar maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xabariga koʻra, joriy yilning 29 may kuni IIVga murojaat qilgan fuqaroning arizasi yuzasidan Vazirlik Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Sirgʻali tumani Xalq taʼlimi boʻlimi xodimi M.B. Sirgʻali tumanining 7-mavzesida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarodan oʻzi masʼul boʻlgan tuman hududidan jami 120 mln. soʻmlik kapital taʼmirlash ish hajmini hal qilib berish evaziga 400 AQSH dollari miqdorida pul olgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala