Yoʻl harakati qoidalarini buzgan fuqarolarni video tasvirga olgan shaxslar ragʻbatlantiriladi

Qoidabuzarlar haqida maʼlumot bergan shaxslar haqida shaxsiy maʼlumotlar sir saqlanadi va ular ragʻbatlantiriladi

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Yoʻl harakati qoidalarini buzgan fuqarolarni video tasvirga olgan shaxslar ragʻbatlantiriladi, deb xabar berdi Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmati OʻzAga tayangan holda.

Bu haqda, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida qayd etilgan.

Mazkur qaror bilan 2018-2022 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash kontseptsiyasi va uni tadbiq etish boʻyicha "Yoʻl xaritasi" tasdiqlangan. Shu bilan birga, har oy "Avtomobilsiz kun" aktsiyasi yoʻlga qoʻyilishidan maqsad yoʻllarda xavfsizlik muammosiga jamoatchilik eʼtiborini jalb etib, avtotransportsiz harakatlanish mumkinligi va zarurligini namoyish qilishdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zimmasiga uch oy muddatda jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalarida oʻrnatilgan videoregistratorlaridan olinadigan videoyozuvlarni tezkor toʻplashning markazlashtirilgan tizimini joriy etish, sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisida taklifni kiritish hamda shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligini saqlab qolish imkoniyati taʼminlangan holda ularni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish boʻyicha topshiriq berilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala