Iqtisod

Oʻzbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

© AFP 2018 / SEBASTIAN DERUNGSPrezentatsiya avtomobilya VolksWagen Amarok
Prezentatsiya avtomobilya VolksWagen Amarok - Sputnik Oʻzbekiston
Hamkorlikning birinchi yoʻnalishi Volkswagen Amarok pikaplarini yigʻish boʻladi.

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. "Oʻzavtosanoat" va Volkswagen Oʻzbekistonda nemis kontsernining turli brendlariga tegishli bir nechta modellarini ishlab chiqarish imkoniyatini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Hozirda Volkswagen tarkibiga Porsche, Audi, Bentley, Bugatti, Lamborghini, Skoda, SEAT, Scania va MAN brendlari kiradi.

“Volkswagen bilan hamkorlikni olti oy ilgari boshladik. Ular tomonidan Oʻzbekistonda muqobil ishlab chiqarishni tashkil etishga qiziqish bildirildi. Bu bizning boshqa brendlar ishlab chiqarilishi boʻyicha manfaatlarimizga mos keldi, chunki biz boshqa brendlarda ham ishlab chiqarishni rivojlantirishni koʻzda tutganmiz”, - dedi “Oʻzavtosanoat” boshqaruvi raisi Umidjon Salimov.

Uning soʻzlariga koʻra, hamkorlikning birinchi yoʻnalishi Volkswagen Amarok pikaplarini yigʻish boʻladi.

"Biz barcha ishlab chiqarish va texnologik qoʻllab-quvvatlash borasida deyarli kelishib oldik. Hozirda mahsulot qiymati masalasi ustida ish olib borilmoqda. Volkswagen arzon mahsulot emas va u oʻrtachadan yuqori narx toifasida turadi”, - dedi Salimov.

Amarok Oʻzbekiston uchun juda yaxshi va qiziqarli mahsulot, deb hisoblaydi "Oʻzavtosanoat" rahbari, chunki mamlakatda bunday turdagi avtomobillar nafaqat ishlab chiqarilmaydi, balki sotuvda ham deyarli yoʻq.

"Biz Amarok bilan cheklanib qolmaymiz, parallel ravishda Volkswagen kompaniyasining boshqa brendlari haqida ham oʻylab koʻramiz", — taʼkidladi Umidjon Salimov.

Eslatib oʻtamiz, "Oʻzavtosanoat" va Volkswagen AG oʻrtasidagi hamkorlikda ishlab chiqarishni tashkil etish haqidagi kelishuv bosh vazir Abdulla Aripovning oʻtgan yil noyabrda Germaniyaga rasmiy tashrifi doirasida imzolangandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala