Putin 9-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishVizit prezidenta RF V. Putina v Uzbekistan
Vizit prezidenta RF V. Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentining shuningdek, Eron, Tojikiston va Pokiston yetakchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9-iyun kuni ShHT sammiti maydonida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki yoqlama uchrashuv o‘tkazadi.

Putin shuningdek, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, Tojikiston va Pokiston yetakchilari bilan ham uchrashadi, deb xabar qildi dushanba kuni Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov.

Neboskrebi v gorode Sindao, Kitayskaya Narodnaya Respublika - Sputnik O‘zbekiston
ShHT sammiti: port-shahar Sindaoda nimalar bo‘lishi kutilmoqda?

"O‘zbekiston prezidenti (Shavkat) Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti (Emomali) Rahmon, Eron prezidenti Ruhoniy, Pokiston prezidenti (Mamnun) Hussaynlar bilan suhbat o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz", — degan Ushakov jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, Shanxay Hamkorlik tashkiloti sammiti Xitoyning Sindao shahrida 9-10 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ayni vaqtda ShHTga a’zo mamlakatlar: Rossiya, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston.

Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mongoliya kuzatuvchi-davlatlar maqomiga ega.

Yangiliklar lentasi
0