O‘zbekistonda motosikl ishlab chiqaruvchi ikkita zavod ishga tushiriladi

© Sputnik / StringerMotosikli na vistavke retro-avtomobiley v "Uzekspotsentre" Tashkenta
Motosikli na vistavke retro-avtomobiley v Uzekspotsentre Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Xitoy va Hindiston davlatlarining yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda motosikl ishlab chiqaruvchi ikkita zavod ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 4-iyun. O‘zbekiston Xitoy va Hindiston davlatlarining yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda motosikl ishlab chiqaruvchi ikkita zavod ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ravon Gentra na Moskovskom Mejdunarodnom avtomobilnom salone - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan eksport qilinadigan mashinalar narxini oshirmoqchi

“Namangan viloyatida Xitoyning Lifan kompaniyasi bilan hamkorlikda qo‘shma korxona ishga tushiriladi. Bu yerda skuter, motosikl va uch g‘ildirakli yuk motorollerlar ishlab chiqariladi. Bu sanoatimiz uchun yangi yo‘nalishdir, oldin hech qachon bularni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmaganmiz. Yil yakuniga qadar Norin mexanika zavodida bu ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda”, — deb ta’kidladi “O‘zavtosanoat” rahbari Umidjon Salomov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston avvalgi xatolarni takrorlanmaslik va bu yo‘nalishda raqobatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ish olib boriladi. Shuning uchun “O‘zavtosanoat” tomonidan Hindistonning Bajaj kompaniyasi bilan yana bir bu kabi loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan.

“Navoiy viloyatida yana bir Hindistonda yetakchi bo‘lgan — Bajaj kompaniyasi bilan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqdamiz. Motosikl texnikasini ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda”, — deb ma’lum qildi Salimov.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil yakunida “O‘zavtosanoat” va Janubiy Koreaning DK Group kompaniyasini bilan motosikl va uch g‘ildirakli motoroller ishlab chiqarish bo‘yicha bitim imzolangan.

Ushbu motosikl va motorollerlar uzoq va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashayotgan aholi ehtiyojlarini qondirishi kerak. Bunday texnika yordamida kichik hajmdagi yuklarni ham tashish mumkin bo‘ladi.

Obnovlennaya Chevrolet Captiva - Sputnik O‘zbekiston
Chevrolet Captiva avtomobili ishlab chiqarishdan olinadi

Lifan – Xitoyning yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. U texnika ishlab chiqarish, avtomobil, motosikl va dvigatellarni sotish va eksport qilishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda o‘zining dilerlik markazlari orqali ish olib boradi, butun dunyo bo‘ylab ularning soni 10 mingdan oshadi. Lifan Motors 42 ta davlatda dilerlik markazlarini ochgan.

Bajaj — Hindistonda motosikl va tijorat transportini ishlab chiqiruvchi kompaniya hisoblanadi. Ushbu kompaniya dunyoda ikki va uch g‘ildirakli transport vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi. Bu brend Lotin Amerika, Afrika, Yaqin Sharq, Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo va Yevropada keng tarqalgan.

Yangiliklar lentasi
0