O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga kirish tartibi belgilandi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu podrazdeleniya Natsionalnoy gvardii
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu podrazdeleniya Natsionalnoy gvardii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Unga ko‘ra, harbiy-professional tanlash tadbirlari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadval asosida 1-iyundan 25-iyunga qadar Harbiy-texnik institutida o‘tkaziladi

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida harbiy-professional tanlash tadbirlarini o‘tkazish tartibi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegrammdagi sahifasida xabar qilindi.

Unga ko‘ra, harbiy-professional tanlash tadbirlari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadval asosida 1-iyundan 25-iyunga qadar Harbiy-texnik institutida o‘tkaziladi.

Harbiy-professional tanlashda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi: hujjatlarni o‘rganish; psixofiziologik o‘rganish; tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; yozma ish (diktant); kompyuter nyexnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilish darajasini tekshirish; yakka tartibdagi yakuniy suhbat.

Yangiliklar lentasi
0