O‘zbekiston TIV Rossiyaga ketayotganlarni o‘zgarishlar haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishZdanie aroporta "Domodedovo" v Moskovskoy oblasti.
Zdanie aroporta Domodedovo v Moskovskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada 2018-yilning 25-mayidan 25-iyuligacha bo‘lgan davrda, chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarni ro‘yxatga olish muddati 1 sutkadan 3 sutkaga oshirildi

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidentining 2018-yil 12-maydagi qaroriga muvofiq futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladigan paytda, ya’ni 2018-yilning 25-mayidan 25-iyuligacha bo‘lgan davrda, chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarni ro‘yxatga olish muddati 1 sutkadan 3 sutkaga oshirildi.

Inostrannie rabochie - Sputnik O‘zbekiston
Peterburg O‘zbekiston va Tojikistondan 50 ming nafar migrantni kutmoqda

Bundan tashqari, ro‘yxatga olish tartibiga yana bir o‘zgartirish kiritildi. Ilgari 2018-yil 25-mayidan 25-iyuligacha bo‘lgan davrda chempionat o‘tkaziladigan shaharlardan biriga kelgan xorijliklar yoki Rossiya fuqarolari faqatgina ichki ishlar bo‘linmalarida (IIB) ro‘yxat turishlari lozim bo‘lgan bo‘lsa, endilikda IIB yoki "Mening xujjatlarim" ("Moi dokumenti") ko‘p funksiyali markazlarida (KFM) ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Mazkur qaror Rossiyada vaqtincha yashashga ruxsatnoma yoki yashash guvohnomasiga egaligidan qat’iy nazar barcha xorijliklarga ta’lluqlidir.

Ushbu tartib faqat futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionati o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan 11 ta shaharga borishdagina dolzarb. Ushbu shaharlar quyidagilar: Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Samara, Sochi, Saransk, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-Don, Kazan va Yekaterinburg.

Yangiliklar lentasi
0