Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga imtiyozli o‘qishga kirish huquqini qo‘lga kiritadi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishSdacha YeGE po matematike v Gimnazii nomer 4 v Karachayevske
Sdacha YeGE po matematike v Gimnazii nomer 4 v Karachayevske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
19–23 iyun kunlari Samarqand shahrida 10–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika va astronomiya fanlaridan xalqaro olimpiada o‘tkaziladi.

TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. 2018-yil 19–23 iyun kunlari Samarqand shahrida ilk marotaba umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika va astronomiya fanlaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada o‘tkaziladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shkolniki Tashkenta sdayut YeGE - Sputnik O‘zbekiston
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasi viloyat bosqichi boshlandi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiadada dunyoning qator davlatidan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Unda har bir ishtirokchi davlatdan 6 nafar o‘quvchi hamda ikki nafar jamoa rahbaridan iborat guruh ishtirok etishi belgilangan.

Xalqaro olimpiada ikki bosqichda: nazariy va eksperimental bosqichda o‘tkazilib, olimpiada materiallari o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanadi.

Hakamlar hay’ati fizika va astronomiya fanlaridan dunyoning taniqli xalqaro ekspertlari, MDH davlatlarining professor-o‘qituvchilari va O‘zbekistonning tajribali olimlari, mahoratli amaliyotchi o‘qituvchilaridan  iborat.

Ushbu xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli o‘qishga kirish huquqini qo‘lga kiritadi.

Mazkur xalqaro olimpiada keyinchalik ikki yilda bir marotaba umumta’lim muassasalarining 10–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda bunday xalqaro olimpiadani tashkil etish tashabbusi prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil mart oyida Samarqand shahriga qilgan tashrifi davomida mahalliy aholi faollari bilan uchrashuvda ilgari surilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0