TOSHKENT, 5 iyun. Oʻzbekiston Afgʻoniston Islom Respublikasiga mamlakatda kuzatilgan qurgʻoqchilik sabab 3100 tonna miqdoridagi un-don mahsulotlari yuborildi, deb xabar qildi "Jahon" axborot agentligi.
Oʻzbekistondan Afgʻonistonga insonparvarlik yordamini yuborishi munosabati bilan Hayraton shahrida ikki davlat hukumat vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston prezidentining Afgʻonistondagi vakili Ismatilla Ergashev ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Afgʻonistonga bir qator masalalarda doimiy ravishda yordam berib kelmoqda. Dolzarb muammolardan biri – hamkorlikda terrorizmga qarshi kurashdir.
May oyida Oʻzbekiston delegatsiyasi "SHHT-Afgʻoniston" aloqa guruhi yigʻilishida ishtirok etdi. Ushbu guruh oʻz ish faoliyatini 2017 yil oktyabr oyida boshlagan.
Oʻzbekiston tashqi siyosat idoralari soʻngi uchrashuvi 4 may kuni oʻtkazildi. Unda tomonlar savdo iqtisodiy va siyosiy sohalarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.