Dunyoda

"Yashirinib nima qilaman": Putin oʻzining yarim-yalangʻoch holdagi suratlariga izoh berdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Jurnalist Rossiya prezidenti nima uchun “yarim-yalangʻoch holda” suratga tushishi va bu suratlar xususiy paparatstsilar emas, balki Kreml matbuot xizmati tomonidan chop etilishiga qiziqdi.

TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Venaga rasmiy tashrifi arafasida Avstriyaning ORF telekanaliga intervyu berdi.

Yejegodnaya bolshaya press-konferentsiya prezidenta RF Vladimira Putina - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin Gʻarbga “qizil chiziq”dan oʻtmaslikni maslahat berdi

Jurnalist Volf Rossiya rahbariga siyosiy, iqtisodiy va xalqaro xavfsizlikka oid turli savollar berdi.

Jurnalist shuningdek, Rossiya prezidenti nima uchun “yarim-yalangʻoch holda” suratga tushishi va bu suratlar xususiy paparatstsilar emas, balki Kreml matbuot xizmati tomonidan chop etilishiga qiziqdi.

Bunga javoban Vladimir Putin dam olayotgan vaqtida butalar ortiga yashirinishni ep koʻrmasligini aytdi.

"Siz “yarim-yalangʻoch” dedingiz. Xayriyatki, “yalangʻoch” emas. Dam olayotgan vaqtimda butalar ortiga yashirinish kerak deb oʻylamayman va bu holatda hech qanday yomon narsani koʻrmayman", — dedi u.

 

Yangiliklar lentasi
0