Sport

Oʻzbekiston shaxmat vatani deb rasman tan olinadi

© Foto : pixabayShaxmatы
Shaxmatы  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Butunjahon shaxmat federatsiyasi rahbari Kirsan Ilyumjinov FIDE Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga rasmiy xat tayyorlayotgani va yaqin orada Oʻzbekiston shaxmat vatani deb rasman tan olinishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 4 iyun – Sputnik. Butunjahon shaxmat federatsiyasi rahbari Kirsan Ilyumjinov yaqin orada Oʻzbekiston shaxmat vatani deb rasman tan olinishini maʼlum qildi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Butunjahon shaxmat federatsiyasi rahbari Kirsan Ilyumjinov 4 iyun kuni Milliy olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferentsiyasida qatnashdi.

Umida Omonova - chempion Azii po Blittsu - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchi blits boʻyicha Osiyo chempioni boʻldi

"Butunjahon shaxmat federatsiyasi rahbari nutqi davomida shaxmat vatani Pokiston, Hindiston yoki Eron emas, balki Oʻzbekiston ekanligiga alohida urgʻu berdi. Bu fakt ilmiy tadqiqotlar, tarixchi olimlar tomonidan oʻrganib chiqilgan izlanishlar natijasi ekanligi, FIDE bu borada Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga rasmiy xat tayyorlayotgani va yaqin orada Oʻzbekiston shaxmat vatani deb rasman tan olinishini maʼlum qildi", — deyiladi xabarda.

Oʻzbek shaxmat maktabi jahonga Rustam Qosimjonovdek jahon chempionini yetishtirib bergan. Shuningdek, Nodirbek Abdusattorov bugungi kunda jahonning eng yosh grossmeysteri boʻlib turibdi.

Yangiliklar lentasi
0