O‘zbekistonda xalqaro kollej ochiladi

© Sentr professionalnogo obrazovaniyaStudenti kolledja
Studenti kolledja - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda xalqaro standartlar asosida turizm, restoran boshqaruvi, molekulyar gastronomiya va kulinariya kabi yo‘nalishlarda malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan xalqaro kollej tashkil etiladi

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi Malayziyaning "Malayziya integrallashgan biznes kolleji" rahbariyati bilan O‘zbekistonda xalqaro kollej ochish masalasida muzokara olib bormoqda, deb xabar berdi Kasb-hunar ta’limi markazi xalqaro hamkorlik bo‘limi vakili.

Zdanie ministrestva visshego i srednego obrazovaniya RUz - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston kollejlarida barcha xohlovchilar o‘qishi mumkin, darslarni adragoglar olib boradi

Xabarga ko‘ra, olib borilayotgan muzokaralardan maqsad – O‘zbekistonda xalqaro standartlar asosida turizm, restoran boshqaruvi, molekulyar gastronomiya va kulinariya kabi yo‘nalishlarda malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan xalqaro kollej tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilishdir.

Markaz rahbari bilan uchrashuv jarayonida janob S.Viravikneshvar Buyuk Britaniya, Avstraliya standartlari asosida ta’lim berishni nazarda tutuvchi xalqaro kollej tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 3,0 mln. AQSh dollarigacha miqdorda investitsiya kiritish majburiyatini olishini ma’lum qildi.

Muzokaralar jarayonida O‘zbekistonda iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari, zamonaviy texnika va texnologik tendensiyalarni hisobga olib, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va xorijiy tilni biladigan malakali kadrlarni tayyorlash, o‘quv jarayoniga innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni faol qo‘llash bugungi kunning dolzarb masalalaridan bo‘lib qolayotganligi qayd etildi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidlab, Kasb-hunar ta’limi markazi va Malayziya integrallashgan biznes kolleji o‘rtasida hamkorlikni boshlashga doir anglashuv Memorandumi imzolandi.      

"O‘zbekistonda turizm industriyasini yanada rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratish, yurtimizga kelayotgan xorijlik sayyohlar oqimini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilayotganligini qayd etgan holda Malayziyaning mazkur ta’lim muassasasi bilan xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish ijobiy natija berishiga ishonamiz", — dedi suhbatdosh.

Eslatib o‘tamiz, Malayziya integrallashgan biznes kolleji 1987-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Malayziya kulinariya instituti (Malaysian Institute of Baking) tarkibiga kiradi. Mazkur kollej Janubiy-Sharqiy Osiyoda birinchi kulinariya maktabi hisoblanadi va MDH davlatlarida analogi mavjud emas.

Yangiliklar lentasi
0