MDH mudofaa vazirlari Sergey Shoyguning ona yurti – Tuvada jamlanishdi

© MO RFMinistri oboroni stran SNG
Ministri oboroni stran SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vaziri MDH vazirlari uchrashuv uchun Qizil shahri bejiz tanlanmaganini, u butun Osiyo qit’asining geografik markazi ekanini aytib o‘tdi.

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Bugun Rossiyaning Qizil shahrida (janubiy Sibir) MDH Mudofaa vazirlari Kengashi Sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Uchrshuv vazirlarning  G‘alaba maydonidagi Memorial poyiga gullar qo‘yishidan boshlandi, Mudofaa vazirligi xabariga asosan.

Uchrashuvda Ozarbayjon, Armaniston, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya , Tojikiston va O‘zbekiston mudofaa vazirlari hamda MDH ijroiya qo‘mitasi vakillari hamda hurmatli mehmon sifatida Mongoliya mudofaa vaziri ham ishtirok etmoqda.

“Qo‘shni mamlakatlar mudofaa vazirlarining kengashi Osiyoning markaziy nuqtasi – Qizil shahrida bo‘lib o‘tayotgani bejiz emas. Umumiy chegara va tariximiz bizga eng dolzarb mavzularda bir-birimiz bilan ishonchli suhbat olib borish imkonini beradi”, - dedi Sergey Shoygu  

Rossiya mudofaa vaziri aytishiga qaraganda, MDH bo‘yicha hamkorlarni umumiy qadriyatlar – qo‘shnichilik, o‘zaro foydali hamkorlik va hududiy barqarorlikka intilish birlashtirib turadi.

Vizit Ministra oboroni RF Sergeya Shoygu v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Sergey Shoyguning O‘zbekistonga tashrifi qanday o‘tdi

“Shu bilan bir vaqtda, bizga qarshi umumiy tahdidlar mavjud, birinchi navbatda xalqaro terrorchilik tomonidan. Buni oxirgi vaqtda bo‘layotgan voqealar yaqqol ko‘rsatibmoqda”, - dedi Shoygu.  

Rossiya vaziri, shuningdek, ushbu kengashda Mongoliya mudofaa vaziri Nyamaagiyn Enxbold ilk bor hurmatli mehmon sifatida ishtirok etayotganini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Kujgetovich Shoygu, Tuva respublikasidagi Chadane shahrida tug‘ilib o‘sgan. Mehnat faoliyatining boshida Qizil shahrida bir necha yil davomida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0