O‘zbekistonda oynasi qoraytirilgan avtomashinalarga qarshi reyd boshlandi

© Sputnik / Igor ZaremboSotrudnik MVD osushestvlyayet kontrol plotnosti tonirovki
Sotrudnik MVD osushestvlyayet kontrol plotnosti tonirovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi kungacha o‘nlab avtomobillar jarimaga maydonchasiga olib borilgan.

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Joriy yilning 4-iyundan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab oynasi qoraytirilgan avtomobillarga qarshi reyd boshlangan. Bu haqda "UzNews.uz" nashri xabar qildi.

Tonirovka avtomobilya  - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsat berish haqidagi petitsiya 9500dan ortiq ovoz to‘pladi

Xabarda aytilishcha, hozirgi kungacha o‘nlab avtomobillar jarimaga maydonchasiga olib borilgan.

O‘zbekiston ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 126-moddasiga binoan avtomashinalarning yon va orqa tomonlari qoraytirilgan taqdirda, quyosh o‘tkazuvchanligi 70 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, bu kabi qoidabuzarlik eng kam oylik ish haqi miqdoridagi jarimaga sabab bo‘ladi. Bir yil ichida ushbu huquqbuzarlik takror sodir etilsa, eng kam ish haqining ikki barobari — 344.480 so‘m jarimaga solinadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Mening fikrim jamoaviy murojaatlar portaliga joylashtirilgan transport vositalari oynalarini qoraytirishga ruxsat berilishi taklif etilgan petitsiya 9400dan ortiq ovoz to‘plaganligi haqida xabar berilgandi.

Petitsiya muallifi Artur Tajiyev buni O‘zbekiston iqlimi issiq ekanligi, pardalar ham taqiqlangani sababli orqa o‘rindagi bolalar jazirama va oftob urishidan aziyat chekishi mumkinligi bilan izohlagan.

Yangiliklar lentasi
0