Sport

Oʻzbekistonda maxsus boʻlinmalar oʻrtasida "Mudofaa vaziri kubogi" musobaqasi oʻtkazildi

© Minoboronы RUzChempionat po boksu "Za kubok Minoboronы"
Chempionat po boksu Za kubok Minoboronы - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent harbiy okrugiga qarashli Sirdaryo viloyatida joylashgan harbiy qismda maxsus boʻlinmalar oʻrtasida boks boʻyicha "Mudofaa vaziri kubogi" chempionati oʻtkazildi

TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda maxsus boʻlinmalar oʻrtasida boks boʻyicha “Mudofaa vaziri kubogi” musobaqasi oʻtkazildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati vakili.

Predstaviteli Minoboronы RUz v ramkax chempionata po boksu Za kubok Minoboronы provedali pervogo uzbekskogo chempiona Rufata Riskiyeva - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mudofaa vazirligi vakillari birinchi oʻzbek jahon chempioni Rufat Risqiyevnikida boʻlishdi

"Toʻrt kun davom etgan nufuzli musobaqada charm qoʻlqop ustalari 6 vazn toifasi boʻyicha bellashdi. Musobaqaning final bahsida 64 kg vazn toifasida kuch sinashgan Fargʻona shahridagi harbiy qism harbiy xizmatchisi Shaxboz Qalandarov mezbon bokschi Dostonbek Nabiyevga imkoniyatni boy berdi", — dedi suhbatdosh.

Shiddatkor hujumlar uyushtirgan shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchi Xasanboy Muydinjonov (69 kg) muddatidan oldin muddatli harbiy xizmatchi oddiy askar Muhammadjon Murodovni yengib, tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻlgan.

Shuningdek, shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchi, oddiy askarlar Mirzaolim Neʼmatjonov (75 kg),  Islombek Moʻminov (81 kg), Gʻiyos Fozilov (91 kg.gacha) hamda Sherzod Rasulov (+91 kg) oʻz vazn toifasida tengsiz ekanligini isbotlagan.

Turnir yakunida gʻolib va sovrindorlarga medallar hamda Mudofaa vaziri nomidan fahriy yorliqlar tantanali ravishda topshirilgan.

Umumjamoa hisobida gʻoliblik esa 4 oltin medal jamgʻargan Sirdaryo viloyatidagi harbiy qism harbiy xizmatchilariga nasib etgan. Harbiy jamoa "Mudofaa vaziri kubogi" bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala