O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida charm sanoatida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

© SputnikUmurzakov Sardor - Predsedatel assotsiatsii "Uzcharmsanoat"
Umurzakov Sardor - Predsedatel assotsiatsii Uzcharmsanoat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Sardor Umurzaqov O‘zbekiston poyabzal va charm buyumlarini ishlab chiqarish sohasida Rossiya bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish niyatida ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Moskvada O‘zbekiston elchixonasida "O‘zcharmsanoat" uyushmasi rahbari Sardor Umurzaqov ushbu tarmoqda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar dasturi to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi.

V mejdunarodnaya vistavka-yarmarka «Koja, obuv, odejda i aksessuari” - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ilk bor tuyaqush terisidan tikilgan poyabzallarni eksport qiladi

Sardor Umurzaqovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tarmoqni yanada rivojlashtirish bo‘yicha keng qarmovli dastur qabul qilinganligini ma’lum qildi.

Uyushma rahbarining ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida ushbu sohada tovar aylanuvi 20 baravarga ortdi, bu o‘z navbatida mazkur sohada hamkorlik aloqalari mustahkamlanayotganligidan dalolat bermoqda.

"Hamkorligimiz ikki yo‘nalishda rivojlanmoqda: xom ashyoni ishlab chiqarish va sotib olish, shuningdek ta’lim va malaka oshirish yo‘nalishlarida. Xususan, biz O‘zbekiston va Rossiya hududlarida qo‘shma korxonalarini tashkil qilishni rejalashtirmoqdamiz. Bir tomondan bu ichki bozorlarimizda import mahsulotlarini o‘rnini bosish muammosini hal qilishga yordam beradi, ikkinchi tomondan esa uchinchi davlatlarga mahsulotlarmizni eksport qilish imkoniyatini beradi", — deb ta’kidladi "O‘zcharmsanoat" uyushmasi rahbari.

Ikki davlat o‘rtasida hamkorlikning ikkinchi yo‘nalishida — bugungi kunda Rossiyaning uchta oliygohi charm sanoati sohasida o‘zbekistonlik mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlashda amaliy yordam berishga tayyor ekanligini bildirishgan.

Charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturiga ko‘ra O‘zbekiston yaqin bir yarim, ikki yil ichida charm poyabzallarini ishlab chiqarishni ikki baravarga ko‘paytirishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0