Samarqand viloyatida ekstremizm ta’siriga tushgan 200dan ortiq shaxs qidirilmoqda

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishFlag radikalnoy islamistskoy organizatsii IGIL
Flag radikalnoy islamistskoy organizatsii IGIL - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyatida diniy ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolib maxsus hisobda turgan 1 623 fuqaro ro‘yxatdan chiqarilgan.

TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Samarqand viloyatida diniy ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan 241 nafar shaxs qidirib kelinayotgan edi. So‘nggi 5 oy ichida ularning oila a’zolari bilan o‘tkazilgan targ‘ibot va tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 15 nafari yashash manzillariga qaytarilgan, 13 nafari afv etilgan.

Kupol mecheti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hukumati fuqarolarga ekstremistlar safidan qaytishga yordam bermoqda

Bu haqda Samarqand shahridagi konsert zalida o‘tkazilgan “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz” mavzusidagi davra suhbatida aytildi, deb yozadi zarnews.uz.

Ta’kidlanishicha,  Samarqand viloyatida diniy ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolib maxsus hisobda turgan 1 623 fuqaro ro‘yxatdan chiqarilgan.

Joriy yilning o‘tgan davrida 11 ta diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq jinoyat aniqlanib, 12 nafar shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ularning 8 nafari pul topish maqsadida xorijga borib, internet orqali ekstremistik guruhga qo‘shilgan, 4 nafari esa diniy aqidaparastlikni targ‘ib qilgan.

Yangiliklar lentasi
0