TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Samarqand shahridagi “Muliyon” mahallasida yashovchi tadbirkor mahalladoshlariga bepul non tarqatib kelmoqda, deb yozadi “Samarkandskiy vestnik”.
U har juma kuni 30-umumtaʼlim maktabi yonida mahalladoshlariga 700-800 ta non tarqatadi.
23 yoshli Samar Mahmudov non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tsexiga ega.
Samarning soʻzlariga koʻra, savob ish qilganda insonning oʻzi oʻzgaradi, u yanada yaxshi odamga aylanadi.
“Ezgu ishlarni keyinga qoldirish kerakmas, har bir kishi boshqaga koʻmaklashib dunyoni yaxshi tomonga oʻzgartirishi mumkin”, - deydi u.