Siyosat

Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida ishtirok etadi

© AP Photo / Mark SchiefelbeinPredsedatel KNR Si Tszinpin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya tseremonii privetstviya v Pekine
Predsedatel KNR Si Tszinpin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya tseremonii privetstviya v Pekine - Sputnik Oʻzbekiston
Sammitda tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 8-10 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib, Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Tsindao shahrida oʻtadigan oʻn sakkizinchi majlisida ishtirok etadi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Vizit prezidenta RF V. Putina v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Putin 9 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi

Sammitda tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, transport-kommunikatsiya sohasidagi aloqalarni faollashtirish masalalari hamda koʻp tomonlama hamkorlikning boshqa jihatlari muhokama qilinadi.

Oʻzbekiston rahbari SHHT sammiti doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.

Ilgariroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9 iyun kuni SHHT sammiti maydonida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazishi haqida xabar bergandik.

Ayni vaqtda SHHTga aʼzo mamlakatlar: Rossiya, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston.

Afgʻoniston, Belarus, Eron va Mongoliya kuzatuvchi-davlatlar maqomiga ega.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala