O‘zbekistonda iyuldan barcha terminallar xalqaro to‘lov kartalarini qabul qila boshlaydi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishBankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard
Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi 250 mingta terminalning 95 foizi China UnionPay, 45 foizi MasterCard kartalarini qabul qilmoqda.

TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. O‘zbekistonda iyuldan mamlakatning barcha nuqtalarida to‘rt turdagi to‘lov tizimlarini qabul qilish boshlanadi. Bu haqda Spotga tayanib “Daryo.uz” xabar berdi.

Yagona umumrespublika protsessing markazi direktori Ahror Mahmudovning so‘zlariga ko‘ra,

O‘zbekistondagi 250 mingta terminalning 95 foizi China UnionPay, 45 foizi MasterCard kartalarini qabul qilmoqda. Bir necha kun ichida qurilmalar Visa va “Mir” kartalarini ham qabul qilishni boshlaydi.

“Merchantlar, ya’ni sotuvchi va xizmat ko‘rsatuvchilar odamlardan pin-kodni so‘ramasliklari lozim. Xorijda o‘z parolingizni tanimagan odamingizga aytish odobsizlik va tartibsizlik hisoblanadi. Shuning uchun chet elda karta egasining o‘zi kodni terminalga mustaqil kiritadi. O‘zbekistonga kelgan turistlardan sotuvchilar pin-kodni so‘raganida ular qanchalik hayratga tushishini tasavvur qilib ko‘ring endi. Umid qilamanki, bir-ikki oydan keyin faqatgina UzCard kartalarini qabul qilgan terminallar tarixga aylanadi”, - degan Ahror Mahmudov.

Xabarda aytilishicha, Yagona umumrespublika protsessing markazi barcha terminallar parkini bitta xalqaro tizimga mo‘ljallab sozlab chiqsa, qolganlarini bir necha kun ichida avtomatik yangilash funksiyasi yordamida ulash mumkin bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0