ShHT va NATO: harbiy jihatdan kim kuchli

© Sputnik / Tabildi KadirbekovV Balikchi ofitsialno startovali ucheniya stran ShOS "Mirnaya missiya"
V Balikchi ofitsialno startovali ucheniya stran ShOS Mirnaya missiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RIA Novosti ShHTning harbiy salohiyati hamda uning NATO bilan bellasha olishi borasida maqola chop etdi.

Andrey Kos

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Sakkiz mamlakat, uch milliarddan ortiq aholi, Yevrosiyoning to‘rtdan uch qismi va qudratli mudofaa imkoniyatlari. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy Mediakorporatsiyasiga bergan intervyusida Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlarining harbiy salohiyatini "beqiyos darajada kuchli" deb atadi. U bu qudrat kimlargadir qarshi yo‘naltirilmaganligini, ammo nafaqat qit’a, balki butun dunyoda ko‘p tomonlama hamkorlik uchun kerakli sharoitlarni ta’minlashga qodir ekanligini ta’kidladi. RIA Novosti ShHTning harbiy salohiyati hamda uning NATO bilan bellasha olishi borasida maqola chop etdi.

Zasedanie soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v rasshirennom sostave - Sputnik O‘zbekiston
Hindiston va Pokiston ShHTga qabul qilindi

Geografik yaqinlik

Bugungi kunda Shanhay hamkorlik tashkiloti mamlakatlarining umumiy raqibga, ayniqsa NATOga qarshi harbiy kuchlarini birlashtirishi ehtimoli bo‘lgan vaziyatni tasavvur qilish mushkul. Shubhasiz, ShHT Shimoliy atlantika alyansiga o‘xshagan harbiy blok emas. Ishtirokchi davlatlar umumiy mudofaa ehtiyojlari uchun "pul tashlashmaydi", qurol va harbiy texnikani yagona standartga moslashmaydi, biror a’zo davlatga tashqaridan hujum bo‘lsa tajovuzkorga qarshi urushga kirishmaydi.

Shu bilan birga, tashkilotni "tishi yo‘q" deb ham atab bo‘lmaydi. Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy xavfsizlik, terrorizm, separatizm va narkotrafikka qarshi kurash masalalariga katta e’tibor qaratib keladi.

© Press-slujba SVO MO RFSovmestnie rossiysko-uzbekskie ucheniya na poligone "Forish"
Sovmestnie rossiysko-uzbekskie ucheniya na poligone Forish - Sputnik O‘zbekiston
Sovmestnie rossiysko-uzbekskie ucheniya na poligone "Forish"

ShHT a’zolari muntazam ravishda ikki va ko‘p tomonlama mashg‘ulotlar o‘tkazadi, qurolli to‘qnashuvlar va tinchlikparvarlik operatsiyalarida qatnashish bo‘yicha tajriba almashadi, razvedka ma’lumotlari bilan bo‘lishishadi. Barcha sakkiz davlatning harbiylari Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Armiya o‘yinlari"da 2015-2017 yillarda ishtirok etgan, bu yilgi musobaqalarda olti davlat jamoasi qatnashadi.

Yadroviy muvozanat

ShHT va NATO mamlakatlarining umumiy harbiy salohiyatini taqqoslash uchun Strategik tadqiqotlar xalqaro institutining (IISS) The Military Balance 2018 hisobotidagi ma’lumotlardan foydalanildi. Hisobot har yili yangilanadi va dunyoning aksariyat mamlakatlari qurolli kuchlari tarkibi, xususiyatlari va vazifalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot beradi.

© Sputnik / Tabildi KadirbekovV Balikchi ofitsialno startovali ucheniya stran ShOS "Mirnaya missiya"
V Balikchi ofitsialno startovali ucheniya stran ShOS Mirnaya missiya - Sputnik O‘zbekiston
V Balikchi ofitsialno startovali ucheniya stran ShOS "Mirnaya missiya"

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ShHT mamlakatlarining umumiy harbiy budjeti 300-320 milliard dollarni tashkil etadi. Mudofaa xarajatlari bo‘yicha XXR yetakchilik qiladi (Xitoyning rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, 175 milliard dollar). Tashkilotga a’zo mamlakatlar qurolli kuchlari safida bugungi kunda 5,1 million kishi xizmat qiladi. Eng katta armiyalar Xitoy (ikki milliondan ortiq harbiy), Hindiston (1,4 million) va Rossiyada (900 ming). Pokiston to‘rtinchi o‘rinda — 654 ming harbiy. Bu to‘rt davlat yadro qurollariga ham ega. Ularning hisobida turli quvvatdagi 7320 dona jangovar kallak mavjud. Bu ulkan qurol arsenalida Rossiyaning hissasi katta — 6800 dona jangovar kallak. Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonning harbiy imkoniyatlari kamtarona — jami 110 mingga yaqin askar va ofitserlar. Ammo bu davlatlar Markaziy Osiyoda yetakchi mavqega ega hamda ularning yordamisiz xalqaro terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashishning imkoni yo‘q.

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishV Polshe razmeshen batalon NATO
V Polshe razmeshen batalon NATO - Sputnik O‘zbekiston
V Polshe razmeshen batalon NATO

NATOga a’zo 29 davlatning umumiy harbiy budjeti 946 milliard dollarga yaqin va tez orada trilliondan oshishi mumkin. Mudofaa xarajatlari borasida birinchilik AQSh tomonida — 610 milliard. Alyans mamlakatlari qurolli kuchlari soni — 3,3 million kishi. Yetakchilar — AQSh (1,3 million harbiy), Turkiya (500 ming) va Fransiya (203 ming). Eng kam sonli armiyalar Latviya (5310 kishi), Chernogoriya (1950 kishi) va Lyuksemburgda (900 kishi). NATO a’zosi bo‘lgan Islandiyada qurolli kuchlar umuman yo‘q. Tuzilmada AQSh (6600 dona), Fransiya (300 dona) va Buyuk Britaniya (215 dona) yadroviy qurolga ega — jami 7115 dona jangovar kallak.

Yadroviy imkoniyatlar bo‘yicha ShHT va NATO o‘rtasida tenglik kuzatiladi. Shimoliy atlantika alyansi uch baravar ko‘p mudofaa budjeti bilan maqtanishi mumkin, ammo qurolli kuchlar soni bo‘yicha Shanxay hamkorlik tashkilotidan jiddiy ravishda orqada turadi.

Yerda, suvda va havoda

Har qanday davlatning quruqlikdagi qo‘shinlarining asosiy zarba beruvchi kuchlari tanklardir. ShHT mamlakatlari bu borada har qanday raqibni yanchib tashlashi mumkin. Tashkilot jang maydoniga NATOning zaxiradagilari bilan qo‘shib hisoblagandagi 15 mingta tankiga qarshi Rossiya va Xitoy omborlaridagi mashinalarni ham qo‘shib hisoblaganda 26 mingta tankini olib chiqishi mumkin. NATOning 29 mamlakatidan sakkiztasida o‘z tank bo‘linmalari umuman yo‘q.

Artilleriya borasida ham ShHT yetakchi. Tashkilot mamlakatlari hisobida 33 ming dona turli gaubitsa, zambarak, minomot va o‘tochar reaktiv tizimlar mavjud. Zaxira borasida esa ko‘rsatkich yanada jiddiyroq: birgina Rossiyadagi omborlarda 22,5 ming dona artilleriya qurollari saqlanadi. NATO ham bu borada qolishmaydi. Alyans mamlakatlari armiyalarida 25 ming dona artilleriya qurollari bor. Hattoki Lyuksemburg ham olti dona minomotga ega.

G‘arb harbiy-dengiz imkoniyatlari bo‘yicha Sharqdan shubhasiz ustunlik qiladi — asosan AQShning qudratli harbiy-dengiz kuchlari hisobiga. NATO mamlakatlari flotlarida 2291 dona kema va suvosti kemalari bor (ta’minot va sohil qo‘riqchi kemalari bilan birga). Raketa kreyserlari va aviatashuvchilar bo‘yicha Shimoliy atlantika alyansi mutlaq ustunlik qiladi. ShHT mamlakatlari flotida bugungi kunda 1558 dona kema va suvosti kemalari bor. Eng katta suvosti floti AQSh (68 dona kema), Rossiya va Xitoyda (62 donadan).

Va nihoyat, NATO davlatlari yirik havo armadasiga ega. Alyans mamlakatlari HHK tarkibida 20,5 ming dona samolyot, vertolot va konvertoplan bor (harbiy-transport, razvedka, dengiz, maxsus aviatsiya va o‘quv mashinalari bilan birga). 14 mingga yaqin uchuvchi qurilma AQSh harbiy-havo kuchlari hissasiga to‘g‘ri keladi. ShHT esa, o‘z navbatida 11 mingga yaqin samolyot va vertolotni havoga ko‘tarishi mumkin, ularning yarmidan ko‘pi Rossiya va Xitoyga tegishli.

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishMiG-31 VKS provel uchebniy pusk giperzvukovoy raketi "Kinjal"
MiG-31 VKS provel uchebniy pusk giperzvukovoy raketi Kinjal - Sputnik O‘zbekiston
MiG-31 VKS provel uchebniy pusk giperzvukovoy raketi "Kinjal"

Shu tarzda, Shanxay hamkorlik tashkiloti kelajakdagi ko‘p qutbli tizimda NATO uchun muvozanatni saqlab turuvchi posangi bo‘lishi mumkin edi. Bu ikki tashkilotning harbiy imkoniyatlari umuman olganda bir-biriga mutanosib. Albatta, hozirda ShHT vaqti kelib mudofaa blokiga aylanishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin. Ammo bir necha o‘n yildan keyin dunyo qanday bo‘lishini hech kim bilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0