Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 2-maya pribil v Namanganskuyu oblast
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 2-maya pribil v Namanganskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil 8-10 iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining o‘n sakkizinchi majlisi bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Sindao shahrida o‘tadigan o‘n sakkizinchi majlisida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga jo‘nab ketdi, deb xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Prezident RUz Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning ShHT sammitidagi kun tartibi ma’lum qilindi

ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari ilk bor Hindiston va Pokistonning to‘la huquqli a’zo sifatidagi ishtirokida yig‘iladilar, tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalari hamda ko‘p tomonlama kooperatsiyaning boshqa jihatlarini muhokama qiladilar.

Kuni kecha prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov ShHT sammitida doirasida rejalashtirilgan tadbirlar bo‘yicha jurnalistlar uchun brifing o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston prezidenti XXR raisi Si Szinpin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Davlat rahbarlarining majlisi yakunida Sindao deklaratsiyasi qabul qilinishi, Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, Uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi, Yoshlarga qo‘shma murojaat va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0