Siyosat

Shavkat Mirziyoyevni Tsindao shahrida tantanali kutib olishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana pribыl v Tsindao
Prezident Uzbekistana pribыl v Tsindao - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Tsindao shahriga tashrif buyurdi.

TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 iyun kuni Xitoyning Tsindao shahriga yetib keldi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev bu yerda Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana pribыl v Tsindao
Prezident Uzbekistana pribыl v Tsindao - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Uzbekistana pribыl v Tsindao

Davlat rahbarlarining majlisi yakunida Tsindao deklaratsiyasi qabul qilinishi, Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha 2019-2021 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi, Uzoq muddatli yaxshi qoʻshnichilik, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish boʻyicha 2018-2022 yillarga moʻljallangan harakatlar rejasi, Yoshlarga qoʻshma murojaat va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Sammit doirasida Oʻzbekiston prezidentining Xitoy, Rossiya, Hindiston, Pokiston va Afgʻoniston rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazishi ham rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader