Dunyoda

Tramp Meyni oʻqituvchi deb atadi va u bilan G7 sammitida uchrashishni istamadi - OAV

© Sputnik / Aleksey VitvitskiySammit NATO v Bryussele
Sammit NATO v Bryussele - Sputnik Oʻzbekiston
"Katta yettilik" sammiti 8-9 iyun kunlari Kanadaning La-Malbe shahrida boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp Britaniya bosh vaziri Tereza Meyni xushlamasligi sababli Kanadada boʻlib oʻtadigan “Katta yettilik” sammitida ular oʻrtasida ikki  tomonlama muzokara oʻtkazilmaydi, deb yozdi Telegraph gazetasi Britaniya hukumati vakiliga tayanib.

Tereza Mey. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Skripal ishi: Tereza Mey Rossiyaga ultimatum eʼlon qildi

AQSH prezidenti atrofidagi mulozimlar Tramp Meyning “oʻqituvchilik” atvoridan charchaganligini aytishgan.

"Xafa boʻlishning keragi yoʻq, ammo u xuddi maktab oʻqituvchisiga oʻxshaydi, oʻylashimcha, u bilan hech kim yaxshi munosabatda boʻlmasa kerak”, — degan ikki davlat yetakchilari uchrashuvida ishtirok etgan nashr suhbatdoshi.

Gazetaning yozishicha, Meyning oʻzaro telefon muloqoti paytida umumiy muhokama oʻrniga birdaniga siyosiy ikir-chikirlarga oʻtib ketishi Trampni gʻazablantirgan.

Boshqa manbaning soʻzlariga koʻra, Tramp shuningdek Britaniya bosh vazirining aksariyat iltimoslari AQSH bilan munosabatlardan foyda olishga urinishdek koʻrinishi ham yoqmasligini bildirgan.

"Katta yettilik" sammiti 8-9 iyun kunlari Kanadaning La-Malbe shahrida boʻlib oʻtadi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala