ShHT taraqqiyoti uchun qadahlar ko‘tarildi

© Sputnik / Bolat ShayxinovFlag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnis ShOS
Flag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Sindaoda bo‘lib o‘tadigan sammiti butkul muvaffaqiyatli kechishi uchun, barcha davlatlarning gullab-yashnashi, xalqlar baxt va farovonligi, ShHTning ajoyib kelajagi, shu yerdagi mehmonlar va ularning oila a’zolari salomatligi uchun qadahlarni ko‘tarishni taklif etaman", - deb aytgan Xitoy yetakchisi

TOShKENT, 9-iyun – Sputnik. XXR Raisi Si Szinpin Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo-mamlakatlar rahbarlari sammiti ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda tashkilotga uning taraqqiyot yo‘lida zafarlar tiladi. Xitoy yetakchisi barcha mamlakatlar gullab-yashnashi va xalqlar farovonligi uchun qadah ko‘tardi.

Neboskrebi v gorode Sindao, Kitayskaya Narodnaya Respublika - Sputnik O‘zbekiston
ShHT sammiti: port-shahar Sindaoda nimalar bo‘lishi kutilmoqda?
ShHT sammiti 9-10 iyun kunlari Xitoyning dengiz yoqasida joylashgan Sindao shahrida bo‘lib o‘tadi. Yakshanba kuni ertalab bu yerda tashkilotga Hindiston va Pokiston qo‘shib olinganidan keyin ilk marotaba ShHTga a’zo mamlakatlar rahbarlari Kengashining birinchi yilig‘ilishi o‘tkaziladi.

"Sindaoda bo‘lib o‘tadigan sammiti butkul muvaffaqiyatli kechishi uchun, barcha davlatlarning gullab-yashnashi, xalqlar baxt va farovonligi, ShHTning ajoyib kelajagi, shu yerdagi mehmonlar va ularning oila a’zolari salomatligi uchun qadahlarni ko‘tarishni taklif etaman", — deb aytgan Xitoy yetakchisi.

"Sindao 2008-yildan — Pekin Olimpiadasida yelkanlar bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilgan vaqtdan buyon butun dunyoda yelkanlar shahri sifatida nom qozondi, bu yerdan qadim zamonlarda son-sanoqsiz kemalar olislarga o‘z orzusi ortidan yo‘lga chiqqan. Xuddi shu yerda ertaga kengaytirilgandan keyingi ilk ShHT sammiti bo‘lib o‘tadi, tadbir davomida tashkilot taraqqiyotining rejasi va istiqbollari belgilab olinadi. Keling, Sindaodagi sammitni startimizga aylantiramiz, va mana shu startda "Shanxay ruhi"ning yelkanlarini baland ko‘tarib, barcha qiyinchiliklar va yog‘ingarchilikni axillik bilan yengib o‘tamiz va ShHTning yangi taraqqiyoti sari yo‘l olamiz", — deb qo‘shimcha qildi u.

Yangiliklar lentasi
0