Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi IT, tibbiyot va turizm loyihalarni muhokama qilishdi

Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Narendroy Modi
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Narendroy Modi - Sputnik Oʻzbekiston
Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy, innovatsiya va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHTning Tsindao sammiti doirasida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Prezident RF Vladimir Putin i prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev (sleva) vo vremya vstrechi na polyax sammita Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (SHOS) v kitayskom Tsindao. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
SHHT sammitida Mirziyoyev va Putin qanday masalalarni muhokama qilishdi

Shavkat Mirziyoyev Hindiston xalqini Shanxay hamkorlik tashkilotiga toʻla aʼzo boʻlgani, SHHT davlat rahbarlari uchrashuvida yangi maqomda qatnashayotgani munosabati bilan tabrikladi. Shuningdek, mazkur uchrashuv avval erishilgan kelishuvlar ijrosini muhokama qilish va hamkorlikning istiqbollarini belgilab olish uchun yaxshi imkoniyat ekanini taʼkidladi.

Narendra Modi Oʻzbekiston Hindistonning SHHTga aʼzolikka qabul qilinishini qoʻllab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Bu Oʻzbekiston bilan hamkorlikni ham oʻzaro, ham mintaqaviy miqyosda rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishini qayd etdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy, innovatsiya va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, turizm kabi yoʻnalishlarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

Shu bilan birga, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ikki davlat oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligi qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader