Siyosat

G8, G7 yoki G6+1? Hamma bir tomon Tramp boshqa tomon

Kvebekda boʻlib oʻtgan G7 sammiti aʼzolari eng muhim va asosiy masalalar boʻyicha bir qarorga kelisha olmadi. Hammasiga AQSH pozitsiyasi sabab boʻldi.

TOSHKENT, 10 iyun — Sputnik. Xitoyning Tsindao shahrida SHHT davlat rahbarlari sammiti boʻlib oʻtayotgan bir vaqtda Kanadaning La Malbe shahrida “Katta yettilik” G7 sammiti ham boʻlib oʻtdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Qizigʻi shundaki, AQSH prezidenti Donald Tramp sammitni barchadan oldin tark etdi va yoʻl-yoʻlakay uning yakunlarini tasdiqlamasligini maʼlum qildi.

Sammit NATO v Bryussele - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp Meyni oʻqituvchi deb atadi va u bilan G7 sammitida uchrashishni istamadi - OAV

Hammaga maʼlumki, sammit arafasida AQSH bir tomonlama tartibda Eron yadroviy shartnomasidan chiqdi. Undan tashqari barcha mamlakatlar, jumladan oʻzining yevropalik hamkorlari va hatto Kanada uchun ham alyuminiy va poʻlat uchun bojlar joriy qildi. Bir yil oldin esa AQSH yakka tartibda Parijda imzolangan ekologiya shartnomasidan ham chiqib olgan edi.

G7 mamlakatlari orasida AQShning bunday “yakkaxonligi” albatta keskin qarshi olindi. Ayniqsa Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron va Kanada prezidenti Jastin Tyurdolar sammit oldidan, Tramp bilan oxirigacha kurashishga tayyor ekanligini bildirishgan edi. Germaniya kantsleri Angela Merkel ham Eron yadroviy dasturi borasidagi AQSH pozitsiyasiga nisbatan keskin fikrlar bildirgan edi.

Natijada guyoki hammaning roziligi bilan eʼlon qilingan kommyunikega nisbatan AQShning munosabati tushunarsiz boʻlib qoldi. Singapurga Kim Chen In bilan uchrashish uchun uchib ketayotgan Donald Tramp Kanada prezidenti “unga notoʻgʻri faktlar keltirgani” va u “oʻz yordamchilariga ushbu kommyunikga rozi boʻlmaslikni topshirgan” haqida xabar qildi.

Kommyunike

Tramp o peredannыx TSRU razveddannыx RF dlya predotvraщeniya terakta v Sankt-Peterburge - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
"Yuqori darajadagi" telbalik: Tramp Eron bilan kelishuvni bekor qilib nimaga erishdi

G7ning yakuniy Kommyunikesida aytilishiga koʻra, barcha aʼzolari oʻzaro erkin savdo-sotiq, Eronni raketalar uchirmaslikka chaqirish haqida kelishib olishgan. Shuningdek ular Suriya hukumatini kimyoviy quroldan foydalanishda va Rossiyani Suriya rejimini qoʻllab-quvvatlashda, “Skripalni zaharlashda” ayblashgan.

G7 yoki G8?

AQSH rahbari sammitda yana bir fikrni eʼlon qildi. Xususan, u Rossiyada ushbu kengashga qaytarishni va uni yana G8 formatiga qaytarishni taklif qildi. Tramp aytishiga qaraganda “Bu butun dunyo uchun foydali boʻlardi”.  

Xitoyning Tsindao shahrida boʻlgan Vldimir Putin ushbu xabarga xotirjamlik bilan munosabat bildirdi.

“Biz u tashkilotdan chiqqanimiz yoʻq. Hamkasabalarimizning oʻzlari bir vaqtlar Rossiyaga kelishdan bosh tortgan edi. Marhamat, kelishsin Moskvaga, biz ularni koʻrishdan xursand boʻlamiz”, — dedi Putin.

Eslatib oʻtamiz, bir vaqtlar ushbu tashkilot "G8", yaʼni "Katta sakkizlik" deb atalar edi. 2014 yilda Ukrainada hukumat oʻzgarishi va Qrimning Rossiyaga qoʻshilishidan, keyin Rossiya G8 davlatlari Rossiyani Qrimni "anneksiya qilishda" ayblab, Moskvaga sammitga kelishdan bosh tortishgan edi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytishiga qarganda, ayni damda Rossiya uchun G8 klubida ishtirok etishning dolzarbligi qolmagan. Oʻtgan davr mobaynida Rossiya SHHT va G20 klublari doirasi oʻzining munosib oʻrnini topgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala