Dunyoda

Mirziyoyev: Oʻzbekiston transport loyihalari tarafdori

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev na sammite SHOS v Kitaye
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev na sammite SHOS v Kitaye - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi, “Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy, Mozori Sharif – Hirot” temir yoʻli, “Markaziy Osiyo – Fors koʻrfazi”, “Shimol – Janub” va “Sharq – Gʻarb” transmintaqaviy transport aloqalari loyihalarni rivojlantirish tarafdori.

TOSHKENT, 10 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining keng doiradagi muzokaralarida savdo va transport aloqalarini rivojlantirish, xavfsizlikni mustahkamlashga doir muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Temir yoʻl - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston Transkaspiy xalqaro transport yoʻnalishiga qoʻshilishi mumkin

“Joriy yil boshidan Oʻzbekistonning SHHTga aʼzo davlatlar, uning kuzatuvchilari va sheriklari bilan savdosi hajmi oʻttiz foizdan ziyod oshdi. Lekin bu mavjud imkoniyatlarimizning cheki emas. 

Bizning fikrimizcha, tovar ayirboshlashni yanada oʻstirish uchun eksport-import tartib-taomillarini soddalashtirish kerak. 

Shuningdek, biz davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida agrosanoat klasterlarini shakllantirish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berishda yashil yoʻlaklar tarmogʻini kengaytirish tarafdorimiz», dedi Shavkat Mirziyoyev.  

Undan tashqari, Prezident oʻz nutqida, Oʻzbekiston, transport va logistika munosabatlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan, “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi, “Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy, Mozori Sharif – Hirot” temir yoʻllari, “Markaziy Osiyo – Fors koʻrfazi”, “Shimol – Janub” va “Sharq – Gʻarb” transmintaqaviy transport aloqalari loyihalarni rivojlantirish tarafdori ekanini qayd etdi.

Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala