Siyosat

Tsindaoda SHHT rahbarlari sammiti boshlandi

© Press-slujba Prezidenta RF / Fotobankka oʻtishCammit SHOS v Kitaye. Den vtoroy
Cammit SHOS v Kitaye. Den vtoroy - Sputnik Oʻzbekiston
Xitoyning Tsindao shahrida Hindston va Pokiston qoʻshilganidan keyin SHHTning birinchi sammiti boshlandi.

TOSHKENT, 10 iyun — Sputnik. Xitoyning Tsindao shahrida SHHT sammiti boshlandi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati.  

Sammit oldidan anʼanaviy suratga tushish tadbiri boʻlib oʻtdi. Shundan soʻng SHHT rahbarlarining avval tor doirada keyin keng doiradagi majlislari boʻlib oʻtdi. Sammitning asosiy yakuniy hujjati – Tsindao deklaratsiyasi boʻladi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham sammitda nutq soʻzlab, SHHTga Xitoy raislik davrida amalga oshirilgan ishlar haqida gapirdi.  

"Koʻrkam Tsindao shahrida oʻtayotgan ushbu sammit “Shanxay sakkizligi” rahbarlarining ilk uchrashuvi sifatida tarixda qoladi. Bu chuqur maʼnoga ega, chunki aynan “8” raqami xitoy xalqida omad va taraqqiyotni anglatadi. 

Tashkilotimiz qisqa davrda bir yarim milliard odamga koʻpaydi, uning iqtisodiy va intellektual salohiyati salmoqli darajada kengaydi", — dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Shuningdek, Mirziyoyev Yevroosiyo qitʼasi xavfsizligi va barqaror taraqqiyotini taʼminlashda rni kuchayib borayotganini taʼkidladi. Hindiston va Pokistondek qudratli davlatlarning SHHT faoliyatida toʻla huquqli aʼzo sifatida qatnashishi keng koʻlamli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishini qayd etdi va Afgʻoniston masalasida ham toʻxtalib oʻtdi. 

“Afgʻonistondagi tinchlik – mintaqadagi barqarorlik va taraqqiyot omili ekanligini juda yaxshi anglaymiz. Ishonchim komil, “SHHT — Afgʻoniston” muloqot guruhi doirasida biz mazkur mamlakatning tinch taraqqiyotini taʼminlashga salmoqli hissa qoʻshishga qodirmiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Majlisda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala