Jamiyat

Abdulaziz Kamilov YEXHT bosh kotibi bilan uchrashdi

© MID UzbekistanaMinistr inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov vstretilsya s delegatsiyey Organizatsii po bezopasnosti i sotrudnichestvu v Yevrope vo glave s Generalnыm sekretarem Tomasom Gremingerom.
Ministr inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov vstretilsya s delegatsiyey Organizatsii po bezopasnosti i sotrudnichestvu v Yevrope vo glave s Generalnыm sekretarem Tomasom Gremingerom. - Sputnik Oʻzbekiston
YEXHT vakillari Oʻzbekistonda amalga oshirilgan islohotlar mamlakatni mutlaqo yangi darajaga olib chiqqanini va YXHT bilan hamkorlikni kengaytirish uchun aniq imkoniyatlar yaratganini qayd etishdi.

TOSHKENT, 11 iyun — Sputnik.  Bugun Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Tomas Greminger boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda TIv matbuot xizmati. 

Zavyazanыe ruki, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston IIV va YEXHT delegatsiyasi odam savdosiga qarshi kurashishni muhokama qildi

Greminger boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga YEXHT bilan oʻtkaziladigan "Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli" mavzusidagi xalqaro konferentsiya ishida ishtirok etish uchun kelgan.

Uchrashuvda, ikkala tomon ham Oʻzbekiston prezidenti tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan ushbu xalqaro anjuman mavzusi dolzarb ekanini qayd etishdi. Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi minbaridan turib — bugungi kunda yoshlar insoniyatning ikki milliardli avlodi boʻlib, ertangi kunimiz, qolaversa sayyoramizning farovonligi ham ularga bogʻliq, degan edi. 

Shuningdek, YEXHT vakillari, Oʻzbekiston davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, ular "Oʻzbekistonni siyosiy rivojlanishning mutlaqo yangi darajaga olib chiqqanini va YEXHT bilan hamkorlikni kengaytirish uchun aniq imkoniyatlar yaratganini" qayd etishdi.

Suhbat davomida YEXHTning barcha uch oʻlchamlarida hamkorlikni davom ettirish va rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Uchrashuvda 26-27-mart kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferentsiya yakunlari nuqtayi-nazaridan mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala