Dubay politsiyasi iftorlik bo‘yicha rekord o‘rnatdi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Dubay
Goroda mira. Dubay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muqaddas Ramazon oyida Dubay politsiyasi xayriya iftorlik uchun uzunligi 6 km bo‘lgan dasturxon yozdi.

TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Dubay politsiyasi xayriya iftorligi uchun eng uzun dasturxon yozdi deb xabar qilmoqda, RIA Novosti Gulf News xabariga asosan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yozilgan dasturxonlar uzunligi 6 kilometrni tashkil qilgan. Shu sababli ushbu iftorlik “Eng uzun iftorlik dasturxoni” nomi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Dubay politsiyasining ushbu tashabbusi xayriya maqsadida amalga oshirilgan. Iftorda Hindiston, Shri-Lanka, Pokiston va boshqa mamlakatlardan kelgan 13 mingdan ziyod migrant ishchilar ishtirok etgan.

Ovqatlarni tayyorlash bilan 35ta restoran va 500 dan ziyod ko‘ngilli davlat xizmatchilari shug‘ullanishgan. Tadbirga tayyorlarlik ko‘rish uchun umumiy hisobda 200 soat vaqt ketgan.

 

Yangiliklar lentasi
0