O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston diniy ulamolari Ramazon hayit kunini belgilashdi

© Sputnik Stas EtveshPolumesas, arxivnoe foto
Polumesas, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston diniy ulamolari Toshkentda uchrashib Ramazon hayit kunini belgilashdi.

TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston diniy ulamolari Ramazon hayit kunini belgilashdi. Ushbu qaror uch mamlakat diniy idoralari rahbarlarining Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida qabul qilindi.  

Qarorda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda Ramazon hayit kuni deb 15-iyun belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Ramazon hayit kunlarida uzuluksiz dam olish 3 kun davom etadi. An’anaga ko‘ra ushbu kunlarda musulmonlar hayit namozi o‘qiydi, uzoq va yaqin qarindoshlaridan xabar oladi hamda xayriya ishlarni amalga oshirishadi.

Yangiliklar lentasi
0