Tinchlik bo‘lsin - AQSh va KXDR yakuniy shartnoma imzolashdi

© REUTERS / Jonathan ErnstEl presidente de EEUU, Donald Trump y el líder norcoreano Kim Jong-un
El presidente de EEUU, Donald Trump y el líder norcoreano Kim Jong-un - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Donald Tramp Kim Chen Inni juda xushfe’l va aqlli muzokarachi deb atadi va u bilan yana uchrashish niyati borligini bildirdi.

TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp, Davlat kengashi rahbari va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning Singapurda bo‘lib o‘tgan tarixiy uchrashuv nihoyasiga yetdi. Uchrashuvda yakuniy shartnoma imzolandi, lekin uning mazmuni hozircha sir, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Uchrashuvni Donald Tramp "barcha sohani qamrab oluvchi" deb atadi va Kim Chen In bilan muzokaralarni davom ettirish niyatida ekanini bildirdi. 

"U juda xushfe’l va aqlli ekan — bu xususiyatlarning yaxshi birikmasi… U juda munosib va aqlli muzokarachi. Biz birgalikda ajoyib kun o‘tkazdik, bir-birimiz va mamlakatlarimiz haqida ko‘p narsalarni bilib oldik. Men uning ko‘p narsaga qodir va o‘z mamlakatini juda sevadigan inson ekanini bildim", — dedi Tramp jurnalistlarga AQSh-KXDR sammiti yakunida. 

O‘z navbatida Kim Chen In ushbu uchrashuvni "tarixiy" deb atadi va AQSh prezidentiga uni o‘tkazish uchun qilgan sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi. Kim Chen In aytishiga qaraganda yakuniy shartnomani imzolash AQSh va Koreya munosabatlarida "yangi start va katta o‘zgarishlarning" boshi bo‘ladi.  

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Shimoliy Koreya 1953-yilda Koreya yarim orolidagi urush tugaganidan keyin diplomatik munosabatlar o‘rnatmagan edi. Koreya tomon sa’y — harakatlariga qaramasdan AQsh tinchlik shartnomasi imzolashdan bosh tortib kelayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0