O‘qituvchi zo‘rg‘a yuribdi, uni hurmat qilish kerak - dotsent Qodirov yangi qarorga izoh berdi

© SputnikMuxammadjon Kodirov
Muxammadjon Kodirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti o‘qituvchisi, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Muhammadjon Qodirov Sputnik muxbiri bilan suhbatda O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish uchun qabul qilingan qaror borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi

TOShKENT, 12-iyun — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston yangi o‘quv yilidan boshlab mutlaqo boshqacha, aniqroq qilib aytganda jahon ta’lim standartlariga mos tushadigan ta’lim tizimiga o‘tmoqda.

Studenti pedagogicheskogo instituta v Chirchike - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda talabaning o‘zlashtirishiga qarab professor-o‘qituvchilarga baho beriladi
O‘zbekiston prezidenti tomonidan 5-iyun kuni imzolangan "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi yangi qaror, jamoatchilik, qolaversa oliy o‘quv yurtlarida faoliyat yuritib kelayotgan professor-o‘qituvchilarning qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘lmoqda. Qarordagi ba’zi bandlarga e’tirozlar ham yo‘q emas.

Xususan, hujjatda keltirilgan "2019 yil 1-martgacha bo‘lgan muddatda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida "talabaning o‘zlashtirish darajasi — professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni" tamoyilini joriy qilishning aniq mexanizmlarini belgilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishi" belgilangan bandi nafaqat o‘qituvchilarning o‘zlari, balki bu yangilikdan xabardor etilgan fuqarolarda ham ko‘plab savollarni tug‘dirmoqda.

Ushbu yangilik OAVlarda e’lon qilingach, Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida quyidagi izohlar qoldirildi:

"Shu kunlarda universitetda o‘qiydigan yosh o‘qituvchi bu borada menga shunday dedi: "Endi nima qildik? Uquvsiz talabalarga bahosini oshirib qo‘yishga majbur bo‘lamiz-da. Shularni deb, ishsiz qolmaymizku! Bu muammoning noto‘g‘ri yechimi", — deb yozgan foydalanuvchilardan biri. Shuningdek, boshqa foydalanuvchilar ham, bu ketishda o‘qituvchilarga og‘ir bo‘lishi haqida o‘z fikrlarini yozib qoldirishgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi qizg‘in muhokamalardan keyin O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Dilmurod Nabiyev "Yoshlar" telekanaliga bergan intervyusida yangi qaror bo‘yicha rasmiy sharhlarni keltirib o‘tdi.

Xususan, hujjatdagi "tabalaning o‘zlashtirishiga qarab domlaning reyting darajasi belgilanishi" bandiga to‘xtalar ekan, bu orqali o‘qish sifatini oshirish maqsad qilinganligini aytib o‘tdi.

Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari xodimlarining maoshi oshiriladi
"Bizlar bitta professor-o‘qituvchini 5-yilga tanlov asosida ishga olardik. U yaxshi ishlaydimi, yomon ishlaydimi sifatli dars beraptimi yoki sifatsiz ishlayverardi. Endi har yili o‘quv yili yakuni bo‘yicha professor o‘qituvchini faoliyatiga baho beramiz", — deb aniqlik kiritdi vazir o‘rinbosari.

Sharqshunoslik instituti o‘qituvchisi, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Muhammadjon Qodirov Sputnik muxbiri bilan suhbatda domlalarni baholash reytingi jahondagi ta’lim standartlarida keng qo‘llanilishini aytib o‘tdi.

"O‘qituvchi nima qiladi? Darsini o‘tadi, o‘zlashtirishing yomon deb, talabani qulog‘ini tagiga qo‘yib yubormaydi-ku! O‘qituvchi talabaga o‘z nasihatlarini beradi, ammo uning nasihatlari talabaga ta’sir o‘tkazmasa, talaba domlaning aytganini qilmasa… O‘qituvchi bugun zo‘rg‘a ishlab yuribdi, o‘qituvchini ardoqlash kerak", — dedi Qodirov. 

Qodirovning fikricha Feysbuk foydalanuvchilari qarorning aynan o‘sha bandi subyektivizmni keltirib chiqarishidan norozi bo‘lishmoqda.

"Islom universitetida o‘z vaqtida o‘quv yili oxirida domlalarni xolis baholash maqsadida boshqa oliy o‘quv yurtlaridan mutaxassislar chaqirilib, talabalar o‘rtasida "Qaysi o‘qituvchining darsidan sizlar rozisizlar?" degan mazmunda so‘rovnoma o‘tkazilardi. Ya’ni talabalarning o‘zlari baho berish orqali o‘sha oliy o‘quv yurtida u yoki bu domlani qoldirish kerakmi-yo‘qmi, shu masalani hal etishardi. Bu tajriba Yevropa va AQSh oliy o‘quv yurtlarida ham keng qo‘llaniladi", — deb ta’kidladi dotsent.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, xorijdagi oliy o‘quv dargohlari o‘quv yili boshida o‘qituvchi bilan bir yilga shartnoma imzolaydi. O‘qituvchining shartnoma muddati yakunlanishiga bir oy qolganida, u leksiya o‘qib yurgan maskanlarda talabalar o‘rtasida "Mana shu kursni keragi bormi?", "Shu o‘qituvchi o‘tayotgan darslardan qoniqish xosil qilyapsizlarmi", deb so‘rovnomalar o‘tkaziladi va talabalar o‘sha o‘qituvchiga yozma baho beradilar.

Portfel - Sputnik O‘zbekiston
Talabalarni majburiy ishga jalb qilgan universitet rahbarlari ishdan bo‘shatildi

"Albatta, talabalar beradigan baho faqat rektoratda (talabalarning orasida emas) muhokama qilinadi. Agar talabalarning yarmi "bizga kerak emas", deb yozib berishgan bo‘lsa, o‘sha oliy o‘quv yurti domla bilan xayrlashadi. Domla bilan hisob-kitob qilinib, siz o‘tadigan kurs tugadi, yana boshqa kurslar bo‘lsa, e’lon qilamiz internetda, kelaverasiz, sizga javob deyiladi, bo‘ldi. O‘qituvchini ikkinchi yilga ishga olib qolishmadimi, u bundan xulosa chiqaradi, kelgusida auditoriyani ham hisobga oladigan bo‘ladi, o‘z ustida yanada qattiqroq ishlaydi", — dedi Qodirov va o‘z vaqtida, ya’ni sobiq Ittifoqi davrida institutda ishlaydigan domlalar bir para dars o‘tish uchun bir kun, ba’zan ikki kunlab tayyorgarlik ko‘rishganini qo‘shimcha qildi.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, talabalarning darsga qatnashmasligi bugungi kunda ko‘pchilik o‘qituvchilarning xafsalasini qaytarmoqda, "Ammo bu boshqa masala, misol uchun mening leksiyalarimni teng yarmini qoldirgan talabaga men hech qachon yaxshi baho qo‘ymayman. Shunday ekan, mana shunday holatlar ham hisobga olinishi, o‘qituvchi bu yerda hamma uchun "kaltak yemasligi" lozim", — deb fikr bildirdi Qodirov va o‘qituvchiga "ziyon yetkazmagan holda" baholash tizimi O‘zbekistonda ham yo‘lga qo‘yilsa, bu albatta, faqat ijobiy natijalar keltirishini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0