Artikxodjayev Toshkent City haqida: "Bunaqasi hatto Moskvada ham yoʻq"

Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjayev Toshkent Cityning "Moskva-Siti"dan farqli jihatini aytib oʻtdi

TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjayev 13-iyun kuni boʻlib oʻtgan XPK sessiyasida Toshkent City loyihasi haqida toʻxtalib oʻtdi. Oʻzbekiston poytaxti qoq markazida qad rostlanadigan zamonaviy xalqaro ishbilarmonlik markazi "Moskva-Siti"dan qanday jihatlari bilan farqlanishi xususida ham toʻxtalib oʻtdi.

Toshkent-siti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent city haqida feysbuk foydalanuvchilari nima demoqda
"Biz Moskva-Sitini yaxshi bilamiz, ammo Toshkent Citydan farqli oʻlaroq Moskva-Sitining 20 gektar parki, yashil daraxtzorlari yoʻq. Bizning loyiha shu taraflama jalb qiluvchi, deb bilaman", — deb taʼkidladi Toshkent City xalqaro biznes markazining qurilishiga rahbar etib tayinlangan Jahongir Artikxodjayev.

Hokim shuningdek, Toshkent City nafaqat Oʻzbekistonda balki Markaziy Osiyodagi eng ulkan loyihalardan biri boʻlishini qayd etdi.

Toshkentdagi "Oʻqchi" va "Olmazor" mahallalari joylashgan hudud oʻrnida bunyod etilayotgan Toshkent City xalqaro ishbilarmonlik markazini timsoli yoʻq ulkan loyihalar qatoriga kiritish mumkin.

"Odamlar kirib ham yashashi ham ishlashi, yaʼni ham sotsial hayoti va ish joyi bir joyda boʻlgan, qolaversa savdo nuqtalari ham bir yerda boʻlgan yagona bu singari katta majmua Markaziy Osiyoda yoʻq",- deb Toshkent shahri rahbari.

2020 yilga kelib Toshkent City xalqaro biznes markazining birinchi bosqichi qurilishi oʻz yakuniga yetadi. Toshkent City loyihasi Oʻzbekiton prezidenti tashabbusi bilan qurilmoqda. Qurilish ishlari uchun Toshkent shahrining qoq markazidan 80 gektar yer ajratilib, oʻsha yerdagi turar-joy binolarini qisman boshqa yerga koʻchirish taklifi berilgan edi. Sakkiz oylik qilingan ishlar boʻyicha dunyoning oltita kompaniyalari bilan birgalikda master-plan ishlab chiqarilib, shundan Turkiyaning Tabanlıoğlu Architects kompaniyasining master-plani Oʻzbekiston prezidentiga va koʻpchilikka maʼqul keldi. Shundan soʻng investorlarni jalb qilish boʻyicha ishlab boshlab yuborildi.

Proyekt buduщego delovogo tsentra Tashkent-Siti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Toshkent-siti" - maydoni 70 gektar, qiymati 1 mlrd dollar
Toshkent-sitining 80 gektarli hududi 8ta lotga boʻlinadi. U yerda biznes-markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, Kongress-xoll, koʻrgazma zallari, Brodvey koʻchalari, turar-joylar, ijtimoiy soha obʼyektlari, maydoni 20 gektarga yaqin boʻlgan yerda bogʻ tashkil etilib, ichida ikki gektarlik sunʼiy koʻl va favvoralar bunyod etiladi.

Bugungi kunda "Shahar ichidagi shahar" deya eʼtirof etilayotgan Toshkent City boʻyicha loyihalarni Oʻzbekiston ishbilarmonlari Germaniya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning investorlari bilan hamkorlikda amalga oshirishmoqda.

"Bu juda katta mega-loyiha", — deb taʼkidladi hokim va nega osponoʻpar binolar qurilmaganligi xususida toʻxtalar ekan, "Toshkentning seysmik hududda joylashganini hisobga olib, 40 qavatli binolardan yuqorisiga tavsiya berilmaganini, ammo kelajakda 50 qavatli qurilishlar ham bunyod etilishini" maʼlum qildi.

Hozirgi kunda barcha lotlarda qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Hokimning soʻzlariga koʻra, birinchi lotda Kongress-xoll, Xillton otel quriladi. "U ishga tushdi, kotlovandan chiqdi, birinchi qavati boʻldi, qolgan lotlarimizning ham hamma investorlari topildi, puli toʻlandi, qisman va toʻliq shaklda ishlar boshlab yuborildi", — dedi Artikxodjayev.

Toshkent hokimi Oʻzbekiston rahbarining ushbu oʻylagan gʻoyasi MDH davlatlari orasida lol qoldiruvchi gʻoya boʻlishiga ishonadi. Qurilish ishlari ham oʻz vaqtida yakunlanishiga shubha qilmaydi.

"Biz oʻzbeklar mehnatkash xalqmiz, "Moskva-Siti"ning qurilishida ishlagan odamlarning koʻpi oʻzbek, Ostonaning qurilishida ham — oʻzbek, Sochining qurilishida ham — oʻzbek, Dubayda katta binolarni qurayotgan ham — oʻzbek. Biz oʻzbeklar — mehnatkash xalqmiz, mening fikrimcha tez orada qurilish ishlari bitadi va Toshkent City oʻziga yarasha sensetsion shahar tamoyilini qozonadi", — dedi oʻz fikri yakunida Artikxodjayev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala