Rejisser Stanislav Govoruxin vafot etdi

© Sputnik / Ilya PitalevRejisser, predsedatel komiteta Gosudarstvennoy Dumi RF po kulture Stanislav Govoruxin
Rejisser, predsedatel komiteta Gosudarstvennoy Dumi RF po kulture Stanislav Govoruxin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Mesto vstrechi izmenit nelzya", "Pirati XX veka" kabi filmlar rejisseri Stanislav Govoruxin vafot etdi.

TOShKENT, 14-iyun - Sputnik. Rossiyalik kinorejisser, ssenarist va davlat arbobi Stanislav Govoruxin 82 yoshida vafot etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Stanislav Govoruxin ko‘plab mashhur kinofilmlarni suratga olgan. Ular orasida Vladimir Visoskiy ishtirokida suratga olingan "Vertikal" va "Mesto vstrechi izmenit nelzya" filmlari, va undan tashqari "Pirati XX veka", "Kapitan Grantni izlab", "O‘nta negr bolasi ", "Voroshilovskiy strelok", "Tom Soyyorning sarguzashtlari" va yana o‘nlab asarlar bor.

Stanislav Govoruxin, kino san’atida tashqari Rossiyaning ijtimoiy hayoti va davlat boshqaruvida ham faol ishtirok etib kelgan. U 2000-yilda prezidentlikka nomzod bo‘lgan, undan so‘ng "Yedinaya Rossiya" partiyasining faol a’zosi va deputat lavzimida ishlab kelgan.

Yangiliklar lentasi
0