O‘zbekistonda plastik kartalardan pul o‘g‘irlagan kibertovlamachilar qo‘lga olindi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishXakeri iz Fancy Bears
Xakeri iz Fancy Bears  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda virusli mobil ilovalar va ijtimoiy tarmoqlar yordamida plastik kartalardan pul o‘g‘irlagan kibertovlamachilar qo‘lga olindi.

TOShKENT, 14-iyun – Sputnik. Yagona protsessing markazi mutaxassislari plastik kartalardan pul o‘marayotgan kibertovlamachilarni qo‘lga oldi. Ular virusli mobil ilovalar va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishgan, - deb xabar qilmoqda uzcard.uz sahifasi.  

“Biz yaqinda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali fuqarolarning plastik kartalardan mablag‘lar o‘g‘irlangani haqida xabar bergan edik. Bir necha jabrlanuvchilar murojaatidan keyin tovlamachilar qo‘lga olindi”, - deyilgan xabarda.

O‘g‘irliklar qanday amalga oshirilgan?

Sirdaryo viloyatida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi virusli ilova yozadi va uni Google Playga joylashtiradi. Uni yuklab olgan foydalanuvchilarga esa, agar ular 10 000 so‘m to‘lamasa telefoni blokirovka bo‘lishi haqida xabar olishadi. To‘lov amalga oshirilganidan keyin esa karta egasi noma’lum raqamdan sms olgan.

Messendjer Telegram - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda ommaviy telegram-kanal ma’muriyati hibsga olindi

Ushbu ketma-ketlikning o‘zi kibero‘g‘rilar jabrlanuvchining telefoni va telegram akkauntiga kirib olishi uchun kifoya bo‘lgan.

“Shu yo‘l orqali jinoyatchilar  Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi Click-bot orqali kartadagi pullarni ishlatgan. Biroq, jinoyatchilarning ushbu hatti-harakatlari tezkor ravishda aniqlanib, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi”, - deyilgan xabarda.

Click-bot orqali amalga oshirilgan o‘g‘irlik bank kartalaridan sodir etilgan o‘g‘riliklarning bir turidir. Aynan shu sababdan turli xayriya aksiyalari o‘tkazganda juda ehtiyot bo‘lish kerak.

Shu o‘rinda, Oson mobil ilovasi bilan bog‘liq hodisaga ham misol tariqasida e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Ijtimoiy tarmoqlardan birida bemor bolaning davolanishiga qaratilgan hayriya aksiyasi tashkillashtirilgan edi. E’londa davolanish uchun pul o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan plastik kartaning rekvizitlari keltirilgan edi.

Zadumchivaya jenshina - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kompyuter kiberhujumiga uchraganlar uchun ishonch telefoni joriy etildi

Jinoyatchi e’londa ko‘rsatilgan plastik kartaga tegishli ma’lumotni Oson mobil ilovasiga kiritib,  karta egasi bilan  qo‘ng‘iroq orqali bog‘lanadi va pul o‘tkazilganligiga tegishli tasdiqlovchi kodni ovoza qilishini so‘raydi. Mahfiy kodga egalik qilgan qallob, e’londa keltirilgan plastik kartani osonlikcha mobil ilovaga bog‘lab turib, undagi mablag‘larni boshqargan. O‘tkazilgan qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida jinoyatchilar aniqlanib, qo‘lga olindi.

Yagona protsessing markazi ogohlantiradi

“Yana bir bor rasmiy ravishda bildirib o‘tamiz, markazimizda plastik kartalar bilan bog‘liq kiberjinoyatarni qisqa vaqt ichida aniqlashi mumkin. Huquq-tartibot organlarilaridan tegishli so‘rovnoma kelib tushganida, YaUPM xodimlari avtomatlashtirilgan dastur yordamida jinoyatchini tezkor ravishda aniqlash imkoniga ega”, - deyilgan xabarda.   

Shuningdek, Yagona protsessing markazi xodimlari plastik kartalardan foydalanayotgan barcha fuqarolarga yana bir bor eslatma yubordi:

  • kartangizni havfsiz joyda saqlang;
  • PIN-kodingizni uchinchi shaxslarga ishonmang va jamoat joylarda ovoza qilmang;
  • plastik kartangiz bog‘langan mobil ilovaga tegishli parolni hech kimga aytmang;
  • ijtimoiy tarmoqlar orqali plastik kartangizning sur’atlarini yubormang;
  • foydalanuvchini identifikatsiyalash uchun telefon raqamga keladigan tekshiruvchi parollarni uchinchi shaxslarga aytmang;
  • plastik kartaning o‘zida PIN-kodingizni eslatma tariqasida yozib qoldirmang.  

O‘zbekistonda ushbu yilning aprel oyida sodir bo‘lgan yana bir kibero‘g‘irlik haqida eslatib o‘tamiz. “Fido Biznes” MChJning bosh dasturchisi 11 oy davomida mijozlar kartalaridan 89400 $ mablag‘ni o‘g‘irlagani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0