Jamiyat

Avtomobil oynasini qoraytirish uchun toʻlovning taxminiy narxi aytildi

© Sputnik / Igor ZaremboSotrudnik MVD osuщestvlyayet kontrol plotnosti tonirovki
Sotrudnik MVD osuщestvlyayet kontrol plotnosti tonirovki  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Avtomobillar oynasini qoraytirishga ruxsat berish haqidagi ommaviy murojaat “Mening fikrim” portalida 10 mingdan ziyod ovoz toʻplab, Oliy Majlis muhokamasiga oʻtgandi.

TOSHKENT, 15 iyun – Sputnik. Oʻzbekistonda pullik asosda avtomobil oynalarini qoraytirish(tonirovka)ga ruxsat berish taklif etilyapti, deb yozmoqda Repost.uz.

Qaror loyihasiga koʻra, ort tomondagi oynani qoraytirish qiymati 3,44 million soʻm, ort tomondagi va ikkita yon oynani qoraytirish 6,9 million soʻmga teng boʻladi.

Tonirovka avtomobilya  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsat berish haqidagi petitsiya 9500dan ortiq ovoz toʻpladi

Loyihada old tomondagi oynalar nazarda tutilmagan. Xorijliklar uchun bu borada ruxsat olishlari uchun 15 AQSH dollari toʻlashi kerakligi koʻrsatib oʻtilyapti.

Qayd etilishicha, bundan kelib tushgan mablagʻlarning 90 foizi mahalliy byudjetga, shundan 50 foizi poytaxt, 40 foizi tuman byudjetiga yoʻnaltiriladi. Mablagʻlar “Obod mahalla” dasturini va boshqa ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun sarflanadi.

Eslatib oʻtamiz, avtomobillar oynasini qoraytirishga ruxsat berish haqidagi ommaviy murojaat “Mening fikrim” portalida 10 mingdan ziyod ovoz toʻplab, Oliy Majlis muhokamasiga oʻtgandi.

Yangiliklar lentasi
0