Prezident Anvar qori Tursunov xonadoniga tashrif buyurdi

© Press slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil dom Anvar kori Tursunova
Shavkat Mirziyoyev posetil dom Anvar kori Tursunova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Anvar qori Tursunov og‘ir xastalikdan so‘ng 13-iyun kuni oltmish yoshida vafot etgandi.

TOShKENT, 15-iyun – Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar bosh imom-xatibi, marhum Anvar qori Tursunovning  xonadoniga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Qur’on tilovat qilindi. Davlatimiz rahbari Anvar qorining farzandlari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi”, - deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Anvar qori Tursunov og‘ir xastalikdan so‘ng 13-iyun kuni oltmish yoshida vafot etgandi.

Yangiliklar lentasi
0