Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasini yodga oldi

© Press slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pochtil pamat Islama Karimova
Shavkat Mirziyoyev pochtil pamat Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qur’on tilovat etilib, marhumning haqiga duo qilindi

TOShKENT, 15-iyun – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Qur’on tilovat etilib, marhumning haqiga duo qilindi”, - deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov 1938-yilning 30-yanvarida Samarqandda tug‘ilgan. Ilk bor 1990-yilning 24-martida O‘zbekiston SSR prezidenti lavozimiga saylangan Islom Karimov O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki, eng mushkul yillarida muvaffaqiyatli boshqarib, ko‘plab hayotiy muhim islohotlar o‘tkazdi.

Islom Karimov 2016-yilning 2-sentabrida 78 yoshida insult oqibatida vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0