O‘zbekiston gilos eksporti bo‘yicha Ispaniyani ortda qoldirib dunyoda 4-o‘ringa ko‘tarildi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishUrojay chereshni i vishni
Urojay chereshni i vishni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, bugungi kunda o‘zbek gilosining asosiy ustun jihati uning narxi arzonligi bo‘lib turibdi.

TOShKENT, 15-iyun – Sputnik. O‘tgan to‘rt yil davomida gilos yetishtiriladigan maydonlar faol kengayitirilishi hisobiga O‘zbekiston ushbu meva eksporti bo‘yicha Ispaniyani ortda qoldirdi va dunyoda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda EastFruit xabar bermoqda.

EastFruit tahlilchilarining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2017-yilda 32 ming tonnaga yaqin gilos eksport qilgan bo‘lib, bu Ispaniyaga nisbatan 5 ming tonnaga ko‘pdir. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda bu yil gilos eksporti hajmi 36-38 ming tonnaga yetishi mumkin.

Sbor urojaya chereshni i vishni - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston birinchi marta gilosni Xitoyga eksport qildi

Nashrning yozishicha, atigi besh yil oldin O‘zbekistonning gilos eksporti hajmi yiliga 5 ming tonnadan ham oshmagan, ammo 2016-2017 yillarda eksport hajmi keskin oshgan.

Tahlilchilarning fikricha, mahsulotning 99,5%i Rossiya va Qozog‘istonga eksport qilinadi va bu mazkur yo‘nalishdagi biznesni rivojlantirishdagi eng katta muammodir.

“Ta’mi juda shirinligiga qaramasdan, boshqa mamlakatlarda O‘zbekiston mahsulotlariga talab deyarli yo‘q. Meva yetishtirish texnologiyasining eskirganligi, gilos saralashning mavjud emasligi, sovutish va qadoqlash texnologiyalaridagi muammolar boshqa mamlakatlarga eksport qilishdagi asosiy to‘siqlardir”, - deyiladi tahlilchilar tomonidan.

Ularning fikricha, eng jiddiy muammo bu mahsulotning samarasiz marketingidir.

“Xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashgan va o‘z mahsulotlarini reklama qilgan aksariyat o‘zbek kompaniyalari xaridorlarning telefon yoki elektron pochta orqali murojaatlariga javob qaytarishmaydi, ularning internet saytlari esa ko‘pincha  ishlamaydi. Bu esa tabiiyki, O‘zbekistondagi barcha yetkazib beruvchilarning imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, - deyiladi tahlilda.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, bugungi kunda o‘zbek gilosining asosiy ustun jihati uning narxi arzonligi bo‘lib turibdi.

Yangiliklar lentasi
0