Navoiyda "Kobalt" ag‘darilib ketishi natijasida uch kishi vafot etdi

© Fotolia / Jan H. AndersenMertviy chelovek na asfalte
Mertviy chelovek na asfalte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydovchi boshqaruvni eplay olmay qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketishi natijasida avtomashina ag‘darilib ketgan.

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Navoiy viloyatining Konimex tumanida yuz bergan avtohalokat natijasida uch kishi vafot etdi, yana uch kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 14-iyun kuni sodir bo‘lgan. Zarafshon shahrida yashovchi Sh.E. "Kobalt" rusumli avtomashinasini "Navoiy-Uchquduq" yo‘lida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketishi natijasida avtomashina ag‘darilib ketgan.

Natijada avtomashina yo‘lovchilari, Zarafshon shahrida yashagan P.X. jarohat olib voqea joyida o‘lgan. Shuningdek, ushbu shaharda yashagan S.E. ismli ayol hamda uning qizi maktab o‘quvchisi A.R.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay ular kasalxonada vafot etganlar.

Shu bilan birga, avtomashina haydovchisi Sh.E. va uning qolgan yo‘lovchilari, Zarafshon shahrida yashovchi G.O‘. ismli ayol va uning turmush o‘rtog‘i Buxoro davlat universiteti 1-kurs talabasi X.R. jarohat olganligi sabab kasalxonaga yotqizilganlar hamda ularga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Yangiliklar lentasi
0