Toshkentda vorkaut ixlosmandlari uchun bepul maydoncha ochildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishOtkritie ploshadki po parkuru i vorkautu v Novosibirske
Otkritie ploshadki po parkuru i vorkautu v Novosibirske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maydoncha ochilgan kuni Street Workout Uzbekistan hamjamiyati faollari mahalliy aholiga jihozlarda qanday shug‘ullanish bo‘yicha master-klass ko‘rsatishdi.

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Toshkentning Yunusobod tumanidagi "Yunusobod" mahallasida vorkaut (ko‘cha gimnastikasi) ixlosmandlari uchun bepul maydoncha ochildi, deb xabar berdi Podrobno.uz.

Maydonchada istagan kishi shug‘ullanishi mumkin.

Barcha sport jihozlari O‘zbekistonda tayyorlangan bo‘lib, tajribali vorkaut-sportchilar tomonidan sinovdan o‘tgan.

Maydoncha ochilgan kuni Street Workout Uzbekistan hamjamiyati faollari mahalliy aholiga jihozlarda qanday shug‘ullanish bo‘yicha master-klass ko‘rsatishdi.

Yaqin kunlarda poytaxtning boshqa tumanlarida ham mana shunday maydonchalar paydo bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0