O‘zbekiston maxsus xizmatlari: Zokir Aliyev "O‘IH"ga aloqadorligi uchun qo‘lga olindi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda AQSh fuqarosi Zokir Aliyev hibsga olindi, u "O‘zbekiston Islom harakati" faoliyatiga aloqadorligi uchun qidiruvda bo‘lgan

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 16-iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida "O‘zbekiston Islom harakati" faoliyatiga aloqadorligi uchun ko‘pgina mamlakatlar tomonidan, xususan Rossiya va AQShda ham qidiruvda bo‘lgan Aliyev Zokir Abdullayevich qo‘lga olingan.

O‘zbekiston milliy axborot agentligi DXXdagi manbasiga tayangan holda bergan ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olingan Z.Aliyev qo‘lga olingan vaqtidayoq o‘zining qonunga zid faoliyati to‘g‘risida iqrorlik ko‘rsatmalarini bergan.

Xususan, 2000-yilda u "O‘zbekiston islom harakati"ga sodiq bo‘lishga qasamod qilgan, Afg‘oniston hududida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan, shuningdek, Eron Islom Respublikasiga qarshi hukumat kuchlariga va koalitsiya qo‘shinlariga qarshi jangovar harakatlarda ham ishtirok etgan.

2005 yilda "O‘zbekiston islom harakati" a’zolarining ko‘rsatmalariga binoan,diniy-ekstremistik va terroristik faoliyati uchun DXX bo‘linmalari tomonidan Z.Aliyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 159, 223 va 2442 moddalari bo‘yicha №646 jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ayni vaqtda Zokir Aliyevga nisbatan tegishli choralar ko‘rish masalasi hal etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0