Ravshan Ermatov qaysi bahsni boshqarishi ma’lum bo‘ldi

© AP Photo / Felipe DanaReferi Ravshan Irmatov iz Uzbekistana pokazivayet jeltuyu kartochku
Referi Ravshan Irmatov iz Uzbekistana pokazivayet jeltuyu kartochku  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Argentina va Xorvatiya o‘rtasidagi uchrashuv 21-iyun kuni Nijniy Novgorod shahrida bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Jahon chempionati guruh bosqichida bo‘lib o‘tadigan Argentina—Xorvatiya bahsini o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi, deb xabar berdi FIFA matbuot xizmati.

Mirjalol Kasimov - Sputnik O‘zbekiston
Mirjalol Qosimov: har qanday ishda omad ham albatta yonma-yon yurishi kerak

Ermatovga Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Zaxira hakami taitilik Norbert Xauata, hakamning zaxira yordamchisi – Bertran Brial (Yangi Kaledoniya).

Argentina va Xorvatiya o‘rtasidagi uchrashuv 21-iyun kuni Nijniy Novgorod shahrida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov jahon chempionatlari final bosqichlarida 9 ta uchrashuvni boshqarib jahon rekordini o‘rnatgan.

Yangiliklar lentasi
0