Mira’lam Mirzayev va uning oila a’zolari hibsga olindi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyat ishi doirasida Mirzayev va Inog‘omovlar oilasiga tegishli turar va noturar joy obyektlarida tintuv o‘tkazilib, turli buyumlar, hujjatlar, avtotransport vositalari va boshqalar olib qo‘yilgan.

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o‘rinbosari Mira’lam Mirzayev va uning oila a’zolari uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha boshqarma tomonidan ochilgan jinoyat ishi doirasida qo‘lga olingan. Bu haqda “Gazeta.uz” O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

Segodnya rabotniki prokuraturi vpervie otmechayut svoy prazdnik - Sputnik O‘zbekiston
Sobiq prokuror yordamchisi Mirzayev va uning oilasidan jabr ko‘rganlar qidirilmoqda

“Mirzayevlar oilasiga aloqador tergov harakatlari davomida Mira’lam Mirzayev, uning turmush o‘rtog‘i M.Mirzayeva va o‘g‘li A.Mirzayev, jiyani Z.Inog‘omov qo‘lga olingan”, — deyiladi xabarda.

Jinoyat ishi doirasida Mirzayev va Inog‘omovlar oilasiga tegishli turar va noturar joy obyektlarida tintuv o‘tkazilib, turli buyumlar, hujjatlar, avtotransport vositalari va boshqalar olib qo‘yilgan.

“Hozirda tergov jarayoni davom etayotgani bois ushbu jinoyat ishi bo‘yicha boshqa ma’lumotlar oshkor etilmaydi”, — deyiladi prokuratura xabarida.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 22-mart kuni O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovga nisbatan o‘tkazilayotgan jinoyat ishi tergovi doirasida Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o‘rinbosari Mira’lam Mirzayev va uning oila a’zolariga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0